Er xotin yotoqda yalang‘och yotishi

Assalomu alaykum! Er xotin yalang‘och jinsiy yaqinlik qilishi mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Quyida zikr qilinadigan hadislardan yaqinlik vaqtida to‘sinib olish vojibligi kelib chiqmasada fazilatli amal, musulmonga yarashadigan odoblardan ekanligi ma’lum bo‘ladi. عن عبد الله بن عمر رضي الله عنهما قال : قال رسول الله صلى الله عليه وسلم : إياكم والتعري , فإن معكم من لا يفارقكم إلا عند الغائط , وحين يفضي الرجل إلى أهله , فاستحيوهم وأكرموهم .رواه الترمذي Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Qip yalang‘och bo‘lishdan saqlaninglar, chunki sizlar bilan faqat hojatga kirgan va ayoliga yaqinlik qilgan paytdagina ajraladigan farishtalar bor. Ulardan hayo qilinglar va ularni ikrom qilinglar” deganlar. Termiziy rivoyati. عن أبي هريرة رضي الله عنه قال : قال رسول الله صلى الله عليه وسلم : إذا أتى أحدُكم أهله فليستتر , فإنه إذا لم يستتر استحيت الملائكة فخرجت , فإذا كان بينهما ولد كان للشيطان فيه نصيب .رواه الطبراني في " المعجم الأوسط Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi :
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Birortangiz ahliga yaqinlik qilganida to‘sinib olsin. Chunki to‘sinmasa farishtalar hayo qilib chiqib ketishadi. Agar oralarida farzand paydo bo‘lsa, unda shaytonning nasibasi bo‘ladi” dedilar. Tabaroniy rivoyati. عن أبي أمامة رضي الله عنه قال : قال رسول الله صلى الله عليه وسلم : إذا أتى أحدكم أهله فليستر عليه وعلى أهله , ولا يتعريان تعري الحمير. رواه الطبراني Abu Umoma roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi :
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Birortangiz ahliga yaqinlik qilganida o‘zini va ayolining ustini yopsin. Eshakning yalang‘och bo‘lgani kabi yalang‘och bo‘lib olishmasin” dedilar. Tabaroniy rivoyati. عن بهز بن حكيم عن أبيه عن جده قال : قلت : يا رسول الله عوراتنا ما نأتي منها وما نذر ؟ قال : احفظ عورتك إلا من زوجتك , أو ما ملكت يمينك قلت : يا رسول الله , أرأيت إن كان القوم بعضهم من بعض ؟ قال : إن استطعت ألا تريها أحدا فلا ترينها قلت : يا رسول الله , فإن كان أحدنا خاليا , قال : فالله أحق أن يستحيا منه من الناس رواه الترمذى (2794) وحسَّنه ، وابن ماجه Bahz ibn Hakim otasidan, u bobosidan rivoyat qiladi:
Men: “Yo Rasululloh avratimizni kimdan berkitib kimdan berkitmaymiz” deb so‘radim. U zot “Ayoling va qo‘l ostingdagi(cho‘ri)dan tashqari barchadan berkit” dedilar. “Ya Rasululloh, qavm ba’zsi ba’zisi bilan birga bo‘lgandachi” dedim. “Avratingni hech kimga ko‘rsatmaslikni qilolsang ko‘rsatma” dedilar. “Birimiz yolg‘iz qolgan bo‘lsachi” dedim. “Odamlardan ko‘ra Alloh hayo qilinishga haqliroq” dedilar. Termiziy rivoyati.
Bulardan kiyim kiygan holatda yaqinlik qilish kerak degan narsa tushunilmaydi. Faqat ustilariga biror narsa tashlab olish afzalligi bor. Vallohu a’lam!

21 Aprel 2022, 07:28 | Savol-javoblar | 191 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar