Shariatga amal qilsam

Assalomu alaykum! Menda shunday g‘alati hodisalar yuz beriyapti: namoz o‘qimoqchi bo‘lsam yaxshi inson bo‘lib Qur’on tilovat qilmoqchi bo‘lsam. Shariatning barcha qoidalariga rioya qiladigan bo‘lsam ishlarim yaxshi yurishmaydi, kasal joylarim og‘rib ketadi. Ko‘p kishi bilan urushib qolaveraman. Doim jaxlim tez chiqadi(juda har doim emas). Agar oddiy yashasam uy ishlarini shaxsiy ishlarimni qilsam, o‘rtoqlarim bilan hazillashib o‘tirsam(ba’zida so‘kishishlar ham bo‘ladi) o‘zimni zo‘r his qilaman. O‘zimga ishonchim yanada ortadi, muammolarni engil usulda jaxl qilmasdan hal qilaman(juda har doim emas). Agar iloji bo‘lsa mendagi holatni izohlab bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Shayton insonni do‘zaxga tushirib jannatga kirishidan mahrum qiladi. Uning o‘z oldiga qo‘ygan vazifasi shundan iborat. Har bir musulmon eng oxirgi nafasigacha shayton  bilan jang qilib o‘tadi. Sizni miyangizga kelgan ishlar ham shaytonnin vasvasasidir. Bunday o‘rinda “A’uzu billah”ni aytib Allohga iltijo qilinadi. Kimlardan bo‘lishini xohlasangiz o‘shanga qarab harakat qilavering. Ishni yurishmasligi muhim emas, ko‘zlagan maqsadizga erisha olmasligingiz ham muhim emas. Eng muhimi oxiratni obod bo‘lishidir, qolaversa siz ibodatda bardavom bo‘laversangiz shayton ham chekinadi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:41 | Savol-javoblar | 153 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar