Fa’ebookda

Assalomu alaykum, hurmatli Ustoz.Ustoz, men Fa’ebook internet tarmog‘ini ishlataman. U erda musulmon do‘stlarimdan tashqari, boshqa din vakillari bo‘lgan tanishlarim ham bor. Endi shu o‘rinda men musulmonlari, musulmon bo‘lmaganlarga foydali bo‘lsin deb Islomning go‘zal ahkomlarini, islomiy rasm va videolarni qo‘yib boraman. Bu yaxshi albatta.Lekin, bazida shunday rasm yoki videolarga duch kelamanki, ularda islomning haq ekanligi, boshqa dinlarning botil ekanligi ochiq oydin aks ettiriladi. Agar men bularni Fa’ebook ka chiqaradigan bo‘lsam, o‘sha boshqa din vakillari bo‘lgan tanishlarimga qattiq botishi mumkin. Ustoz, shu o‘rinda nima qilay. Mana shunday ochiqchasiga Haq aytilgan, lekin ularga qattiq botishi mumkin bo‘lganlarni ham chiqaraveraymi? Bunda ular bilan munosabatlarimizga ham putur etishi mumkin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Vaziyatga qarang.

2 May 2022, 23:16 | Savol-javoblar | 148 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar