Ayollarning jahriy qiroati

Assalomu alaykum! Namozimda xech narsa chalg‘itmasin deb barcha chora tadbirlarni ko‘raman, lekin kutilmaganda biror bir shovqin bo‘lib qoladi (masalan kimdir ko‘chada baland ovozda musiqa qo‘ysa, qo‘shnilar remont kilayotgan bo‘lib xar xil uskunalar ishlatilsa, bolalar shovqin qilsa va xokazo) shu darajadaki xatto o‘zimni ovozimni nima qiroat qilayotganimni eshitmay qolaman. Shu paytda ovozini biroz balandlatsa bo‘ladimi? Albatta uyda nomaxramlar bo‘lmaganida (ya’ni agar o‘sha shovqin bo‘lmaganida yonidagi odam eshtoladi). Bu narsa namozda xushu buzilishiga xam sababchi bo‘ladi. O‘zi ayollar yolg‘iz bo‘lganlarida namozda jaxriy qiroat qilishlarining xukmi nima?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Balandlatish shart emas. Ixtiyorlik. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 07:03 | Savol-javoblar | 157 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar