Namozda halovat

Assalomu alaykum! Ustozlar, men 2 yosh o‘g‘lim bilan uyda (xo‘jayinim ishda) kun bo‘yi yolg‘iz o‘tiraman. Farzandim og‘ir operatsiyani boshidan o‘tkazgani uchun injik va menga juda bog‘langan. Namoz o‘qisam atrofimda aylanib yuradi. Xoxlamasam xam xayolim o‘g‘limga ketib qoladi. Faqat bomdodni va agar uxlasa ba’zan peshinni xushu’ bilan o‘qiyman. Namozlarni shoshmasdan va qabul bo‘lishiga umid qilgan xolda o‘qishni istayman. Ba’zan umuman o‘qimay qo‘ysammikin, ikki xayolim bolamda bo‘lishi ikkiyuzlamachilikku deb o‘ylab qolaman. Balki bu shaytoniy vasvasadir. Bola baribir bolada, zeriksa xamma ishni o‘ylamasdan qilib ko‘raveradi. Bilaman xamma onalar xam yosh bola bilan ibodat qiladi. Lekin ko‘nglim notinchligi sababi ibodatni xush’usiz qilib munofiq bo‘lib qolmayapmanmi degan gumonda. Ayting nima qilay? Javob uchun tashakkur.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Hozir xushu’siz namoz o‘qisangiz zimmangizdan farz soqit bo‘ladi. Qanchadir savobga ham ega bo‘lasiz, ammo shaytonning gapiga kirib o‘qimay qo‘ysangiz kabira gunoh va yana farzni tarki yuzaga keladi. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 00:01 | Savol-javoblar | 153 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar