Iltimos befarq qoldirmang!!!!!

Assalamu Alaykum Hurmatli Shayx Hazratlari!Iltimos , savolim noto‘gri bo‘lsa meni avf etgaysiz!Hazrat men bir qizni Alloh yo‘lida yaxshi ko‘raman, u qizning ham ko‘ngli bor. Lekin u qiz menga 1 yildan keyin ota-onamdan so‘rayman, keyin javobimni beraman deyapti, men buni juda to‘g‘ri tushundim. Yaqinda u qiz 1 yilgacha xabarlashmaymiz, yani xat ham yozmaymiz, telefonda ham gaplashmaymiz deb qoldi, to‘g‘risi men bundan xavotir oldim, chunki 1 yil ichida umuman xabarlashmasak, 1-1imizni unutishimiz yoki, kimningdir hayotiga boshqa birov kirib kelishi mumkin. U qiz Allohga shukurki muslima qiz, men uchun ham Allohga bo‘gan muhabbatim 1- o‘rinda, alhamdulilloh. Shuning uchun ham u qzning bu qarorini diniy tarafdan echish, tushunishga urunayapman.u qizning gapi to‘g‘rimi ? ( men ham buni bilaman, ammo bu juda ham keskin qarormikan deb o‘ylab qodim, yani hech bo‘lmasa xat yozib turish odob doirasida, telefon qilish dinimizdan chiqmagan holda )Alloh sizdan rozi bo‘lsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Qiz to‘g‘ri qilgan. Nomahram kishilar hech qanday aloqada bo‘lmasliklari lozim.

3 May 2022, 00:01 | Savol-javoblar | 176 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar