Qishloq va shahar
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, oldingi javobinglar orasida, shaharda yashagan jannatiylarni mavqeyi, qishloqda yashagan jannatiylardan baland bo‘ladi, deyilgan javobni o‘qidim. Sababini ham tushundim. Lekin savol tug‘ildi. Qishloqda shaharga qaraganda sharoitlar yaxshi emas, (issiq suv, gaz yo‘q). Qishda odamlar qiynalib tahorat olishadi, sovuq joylarda namozlar o‘qishadi, bir dona xonani ichida o‘tinlar yoqib isinib toat ibodat qilishadi. Suvlarni uzoqdan tashib olib kelishadi, Savolim shunday sharoitlarda biz chekka joylarda yashab ibodat qilishimizni ham oz bo‘lsada bizga bo‘lgan yaxshi (qo‘shimcha) taraflari bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Albatta bor.عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: أَلَا أَدُلُّكُمْ عَلَى مَا يَمْحُو اللهُ بِهِ الْخَطَايَا وَيَرْفَعُ بِهِ الدَّرَجَاتِ؟ قَالُوا: بَلَى يَا رَسُولَ اللهِ، قَالَ: إِسْبَاغُ الْوُضُوءِ عَلَى الْمَكَارِهِ، وَكَثْرَةُ الْخُطَا إِلَى الْمَسْاجِدِ، وَانْتِظَارُ الصَّلَاةِ بَعْدَ الصَّلَاةِ فَذلِكُمُ الرِّبَاطُ. رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَالتِّرْمِذِيُّ وَالنَّسَائِيُّ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Sizlarni Alloh xatolarni o‘chiradigan, darajalarni ko‘taradigan narsaga dalolat qilaymi?» dedilar. Ular:
«Albatta, ey Allohning Rasuli», deyishdi.
U zot:
«Qiyinchiliklarga qaramay, tahoratni yaxshilab qilish, masjidlarga qadamni ko‘paytirish va namozdan so‘ng namozni intizor bo‘lib kutish. Ana o‘sha siz uchun «murobitlik»dir», dedilar».
Muslim, Termiziy va Nasaiy rivoyat qilganlar.
Sharh: Islomda musulmonlarni dushmanlar hujumidan himoya qilish uchun shay bo‘lib, chegarani qo‘riqlab turgan odam «murobit» deyiladi.
Bu hadisda zikr qilingan amallarni bajaruvchi kishilar esa mazkur amallarni ado etish uchun havoyi nafslarini jilovlab turganlari sababli «murobit» deb atalmoqdalar. Ular ham chegarada vatan himoyasiga shay turgan murobitga o‘xshatilmoqda.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan bu hadisda madh etilgan amallar ichida tahorat ham borligi uchun u «poklikning fazilatlari» bobida keltirilmoqda.
E’tibor bering, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam avvalo sahobai kiromlarga savol ila murojaat qilish bilan ularni ma’lum amallarga qiziqtirib qo‘ymoqdalar.
U zot sollallohu alayhi vasallam ularga:
«Sizlarni Alloh xatolarni o‘chiradigan, darajalarni ko‘taradigan narsaga dalolat qilaymi?» dedilar.
Albatta, bu savol har bir eshituvchining qalbida «xatolarni o‘chiradigan, darajalarni ko‘taradigan narsa nima ekan?» degan qiziqish uyg‘otadi.
Xatosi yo‘q kim bor?
Xatolarining o‘chishini xohlamaydigan kim bor?!
Nima qilsam, xatolarim o‘char ekan, deb o‘ylamagan kim bor?!
Qolaversa, darajasi ko‘tarilishini istamagan kim bor?!
Sahobai kiromlar bu ma’noda hammadan peshqadam bo‘lishga intilganliklari ma’lum. Shuning uchun ham Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan yuqoridagi savolni eshitishlari bilan:
«Albatta, ey Allohning Rasuli», dedilar. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shundan so‘ng sahobalarga xatolarni o‘chirib, darajalarni ko‘taradigan narsalardan uchtasini aytdilar:
1. «Qiyinchiliklarga qaramay, tahoratni yaxshilab qilish».
Bundan musulmon odam tahorat yo‘lida qanday qiyinchiliklarga duch kelsa ham, sabr qilib, yaxshilab tahorat qilishi lozimligi kelib chiqadi. Tahorat paytida duch kelinadigan qiyinchiliklar esa zamonga, makonga va sharoitga qarab, turlicha bo‘lishi mumkin. Qadimgi ulamolarimiz: «Suv taqchil joylarda uning narxi ko‘tarilib ketishi ham tahorat qilmoqchi bo‘lgan odam uchun qiyinchilik hisoblanadi», deb aytishgan. Shuningdek, havo sovuq bo‘lishi tufayli ham qiyinchilik tug‘ilishi mumkin. Hozirgi paytda chet ellarga safar qilish chog‘ida notanish joylarda tahorat qilib olishning imkoni yo‘qligi ham qiyinchilik hisoblanadi. Lekin bular tahorat qilmaslikka bahona bo‘la olmaydi. Xuddi ana shu narsa hadisi sharifda zikr etilganidek, qiyinchiliklarga qaramay, tahoratni yaxshilab qilish banda xatolarining Alloh taolo tomonidan o‘chirilishiga va darajalari ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi.
2. «Masjidlarga qadamni ko‘paytirish».
Ya’ni, masjidga qatnab, jamoat namozlarida ko‘proq ishtirok etish. Bunda ham kishi ba’zi qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin. Ammo shunga qaramay, masjid tomon qancha ko‘p qadam bossa, xatosi shuncha ko‘p o‘chiriladi, darajasi shuncha ko‘tariladi.
3. «Namozdan so‘ng namozni intizor bo‘lib kutish».
Bir namozni o‘qib bo‘lgandan keyin ikkinchisini ishtiyoq bilan kutishga nima etsin! Namoz ishtiyoqida turish, namoz vaqti qachon kelar ekan, o‘qib, huzur topsam, savob olsam, deb intizor bo‘lish qanchalar yaxshi! Insondan hech qanday ortiqcha sa’y-harakat, sarf-xarajat talab etmaydigan bu narsa ham Alloh taolo tomonidan musulmon banda uchun xatolarni yuvib, darajalarni ko‘tarib olishga qulay fursat qilib berilgan ekan. Bu naqadar ulug‘ baxt!
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bularga qo‘shimcha ravishda mazkur ishlarning yana bir fazlini zikr etib:
«Ana o‘sha siz uchun «murobitlik»dir», dedilar.
Ya’ni, namozga intizorlik ham murobitlikka tenglashtirilmoqda.
Ushbu hadisdan olinadigan foydalar:
1. Bir amalga odamlarni qiziqtirish uchun avvalo uning foydalarini bayon qiluvchi savol bilan tinglovchilarga murojaat etish.
2. Qiyinchiliklarga qaramay, tahoratni yaxshilab qilishga targ‘ib.
3. Qiyinchiliklarga qaramay, yaxshilab qilingan tahoratning xatolar o‘chirilib, darajalar ko‘tarilishiga sabab bo‘lishi.
4. Masjidlarga ko‘p qatnashga targ‘ib.
5. Ibodat uchun masjidlarga ko‘p qatnashning xatolar o‘chirilib, darajalar ko‘tarilishiga sabab bo‘lishi.
6. Bir namozdan so‘ng ikkinchisini intizor bo‘lib kutishga targ‘ib.
7. Bir namozdan keyin ikkinchisini intizor bo‘lib kutishning xatolar o‘chirilib, darajalar ko‘tarilishiga sabab bo‘lishi.
8. Islom dini xatolarning o‘chirilib, darajalarning ko‘tarilishini juda ham oson qilib qo‘yganligi.
9. Havoi nafsni engib, Allohning amrini bajarish murobitlikka tenglashtirilganligi.
Biz, musulmonlar naqadar baxtli bandalarmiz. O‘zimiz uchun kerakli va foydali bo‘lgan amallar bizga ibodat qilib berilgan. O‘zimiz uchun foyda bo‘ladigan ishlarimiz Allohga qurbat hosil qiladigan, qolaversa, xatolarimizning yuvilishiga, darajalarimizning ko‘tarilishiga sabab qilib qo‘yilgan.
Xatolarimiz yuvilsin, darajalarimiz baland bo‘lsin, desak, qiyinchiliklarga qaramay, tahoratni yaxshilab qilaylik, masjidlar tomon bosadigan qadamlarimizni ko‘paytiraylik va har bir namozdan so‘ng navbatdagi namozni ishtiyoq bilan, intizor bo‘lib kutaylik. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
21 Aprel 2022, 07:28 | Savol-javoblar | 175 | Ibodatlar