Payg‘ambarimiz ismi eshtilganda

Assalomu alaykum! Men yaqinda bir gapni eshitib qoldim. Unga ko‘ra Payg‘ambarimiz ismlarini eshitganimizda biz xam ichimizda ularning ismlarini takrorlashimiz kerak ekan. Shu gap rostmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hadislarda quyidagicha keladi: عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ صَلَّى عَلَيَّ وَاحِدَةً صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ عَشْرًا. رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَأَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ  Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Kim menga bir marta salovot aytsa, Alloh unga o‘n marta salovot aytadi», dedilar».
Muslim, Abu Dovud va Termiziylar rivoyat qilganlar.عَنْ حُسَيْنِ بْنِ عَلِيٍّ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: الْبَخِيلُ الَّذِي مَنْ ذُكِرْتُ عِنْدَهُ فَلَمْ يُصَلِّ عَلَيَّ  Husayn ibn Ali roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
 «Kimning huzurida men zikr qilinsam-u, u menga salovot aytmasa, o‘sha odam baxildir», dedilar».
عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: رَغِمَ أَنْفُ رَجُلٍ ذُكِرْتُ عِنْدَهُ فَلَمْ يُصَلِّ عَلَيَّ، وَرَغِمَ أَنْفُ رَجُلٍ دَخَلَ عَلَيْهِ رَمَضَانُ ثُمَّ انْسَلَخَ قَبْلَ أَنْ يُغْفَرَ لَهُ، وَرَغِمَ أَنْفُ رَجُلٍ أَدْرَكَ عِنْدَهُ أَبَوَاهُ الْكِبَرَ فَلَمْ يُدْخِلَاهُ الْجَنَّةَ  Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Men oldida zikr qilinganimda menga salovot aytmagan odamning burni erga ishqalsin. Ramazon kirib, mag‘firat qilinishidan avval chiqib ketgan odamning burni erga ishqalsin. Ota-onasi keksayib qolgan, lekin uni jannatga kiritmagan odamning burni erga ishqalsin», dedilar».
 عَنْ عَبْدِ اللهِ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: أَوْلَى النَّاسِ بِي يَوْمَ الْقِيَامَةِ أَكْثَرُهُمْ عَلَيَّ صَلَاةً. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَابْنُ حِبَّانَ بِسَنَدٍ صَحِيحٍ  Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Qiyomat kuni menga eng yaqin kishilar menga ko‘p salovot aytganlardir», dedilar».
Termiziy va Ibn Hibbon sahih sanad ila rivoyat qilganlar. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!

9 May 2022, 06:25 | Savol-javoblar | 201 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar