Yil davomida to‘plangan maoshdan zakot

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, men hozir janubiy koreyaga bir yillik shartnoma asosida ishlash uchun kelganman. Bizga bu erda hamma sharoit mavjud. Eb ichish, kiyim va oziq-ovqat hamma narsa etarli, faqat bir yillik ish haqqimizni uyga qaytayotib berishadi. Ya’ni oyiga 600-700$ atrofida, shu yillik maoshidan zakot beramanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Qolgan mulkingizni qo‘shsa nisobga etsa berasiz. Hammasi qo‘lga tekkanidan keyin o‘tgan yillarga berishingiz ham mumkin. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 00:23 | Savol-javoblar | 141 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar