Ohod hadis

Assalomu alaykum! Hadis va hayotning 1-juzuni o‘qigandim unda yozilishicha Ohod hadis ila sobit bo‘lgan hukumni tark qilgan inson tarki vojib ila gunohkor bo‘ladi. Yana shuni tushundimki ko‘pgina makruh amallar ohod hadis ila sobit bo‘larkan, lekin makruh amalni qilgan inson tarki vojib ila gunohkor bo‘lmaydi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ohod hadislar bilan ba’zi o‘rinda vojib sobit bo‘ladi. Vojibni tark qilish makruhi tahrimiy hisoblanadi. Chunki sahih hadislar ham mutavotir darajaga etmasa ohod hadislar sirasiga kiradi. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 00:23 | Savol-javoblar | 179 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar