Amazon

Assalomu alaykum! Tovarni qo‘lga olmasdan turib sotish joiz emas. Lekin sotuvchi yoki uning vakili tovarni qo‘liga olib ko‘rsa sotish joiz deb o‘qidim. Men Xitoydagi ta’minitchilardan tovarni sotib olib, qo‘limga ushlamay Xitoydan to‘g‘ridan-to‘g‘ri Amerikaga Amazonning omborxonasiga jo‘nataman. Agar kimdir Amazon sayti orqali mening tovarimni sotib olsa, Amazon ishchilarining o‘zi tovarni xaridorga etkazib beradi. Tovarni omborda saqlash, etkazib berish xizmatlarini Amazon o‘z zimmasiga olganligi sababli mendan ma’lum miqdorda ulush oladi. Bu holatni sherikchilik deb hisoblasa bo‘ladimi. Agar sherikchilik hisoblansa, Amazon mening vakilim sifatida tovarni ushlab ko‘rgan va bu savdo halol hisoblanadimi ?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sotib olib o‘z mulkingizga o‘tganidan keyin u erga sotishga bersangiz joiz. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 15:29 | Savol-javoblar | 161 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar