Xufton namoziga oid hadis
Assalomu alaykum! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xufton namozidan oldin uxlashdan va xufton namozidan so‘ng gaplashib o‘tirishlikdan qaytarganmilar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qaytarganlar. Bunga sahih hadislar bor. عَنْ أَبِي بَرْزَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كَانَ يَكْرَهُ النَّوْمَ قَبْلَ الْعِشَاءَ وَالْحَدِيثَ بَعْدَهَا. رَوَاهُ الشَّيْخَانِ وَالتِّرْمِذِيُّ Abu Barza roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam Xuftondan oldin uxlashni va undan keyin gaplashishni xush ko‘rmas edilar».
Ikki Shayx va Termiziy rivoyat qilganlar.
Sharh: Bu rivoyatda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning Xufton namozi bilan bog‘liq bo‘lgan ikki odatlari haqida so‘z bormoqda.
1. U zot sollallohu alayhi vasallam Xuftondan oldin uxlashni xush ko‘rmas ekanlar. Chunki uxlab qolib, namoz vaqti o‘tib ketish xavfi bor.
2. U zot sollallohu alayhi vasallam Xuftondan keyin gaplashib o‘tirishni xush ko‘rmas ekanlar. Chunki bunda kunni yaxshi amal bilan tamomlash imkoni zoe bo‘ladi. Shuning uchun ham ahli solih kishilar vitr namozini uyqudan oldin o‘qishga urinadilar. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
3 May 2022, 03:13 | Savol-javoblar | 155 | Hadislar