Nusaybin jinlari islomi

Assalomu alaykum! Nusaybin jinlari to‘g‘risida savol bermoqchi edim, mana bilamizki Payg‘ambarimiz tug‘ulgunga qadar farishtalar o‘zaro yig‘ilishlarda lavxul maxfuzda yozilganlarni o‘qib ertaga Alloh bunga farzand berarkan buni berarkan uni berarkan deb gaplashib o‘tirishardi. Buni eshitgan jinlar erdagi odamlariga xabarni etqazardi, Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v) tug‘ilganlaridan keyin buni eshitishni imkoni bo‘lmay qoldi. Qachonki birontasi eshitib qolgudek bo‘lsa uchar yulduz etib borib kuydirib tashaydi. Xozirda folbinlarni oladigan bo‘lsak ularga xabarlarni jinlar etqazsa kerak qanday etkazishi mumkin? Xabarlarni izlash xizmatidan foydalandim javob topolmadim. 2). Sizlar aytganlaringgizdek pochchani ayolining singlisiga uylanish shar’an xarom deb javob beribsizlar. Vaqt o‘tkandan keyin ayoli vafot etsa ayolining singlisiga uylanishi mumkinmi xazrati Usmon (r.a) payg‘ambarimizning ikkita qizlariga uylanganlar. Shundan bilsak bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Jinlar eshita olishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga vahiy nozil bo‘lishdan aavl edi. Vahiy nozil bo‘lishni boshlanishi bilan ular qattiq zarbaga uchrashdi va qiyomatgacha bu kabi eishitishdan mahrum bo‘lishdi. Hozirgi folbinlar o‘zlarining meros qoldiruvchi folbinlaridan nomlarinigina olganlar xolos. Alloh taolo "Jin" surasida marhamat qiladi:   وَأَنَّا لَمَسْنَا السَّمَاء فَوَجَدْنَاهَا مُلِئَتْ حَرَسًا شَدِيدًا وَشُهُبًا۝ 8. Va albatta, biz osmon(ga etish)ni talab qildik. Bas, uni kuchli qo‘riqchilarga va uchqunlarga to‘lgan holda ko‘rdik.
Ya’ni jinlar osmonga avvalgidek g‘ayb xabarlarini o‘g‘rilikcha eshitish, kishilar taqdirini bilish uchun ko‘tarilganlarida tamoman boshqa holatga duch kelganliklarini aytmoqdalar. Chunki jinlar Muhammad sollallohu alayhi vasallam payg‘ambar bo‘lgunlaricha osmonga chiqib, o‘z hojatlarini ravo qilib qaytardilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga vahiy kela boshlagach, osmonni kuchli farishtalar qo‘riqlashga o‘tdilar va jinlarni turli joylardan uchqunlar bilan quvib, haydadilar. Oyatda jinlarning ana shu holatlariga ishora qilinmoqda. Bu oyatning ikkinchi bir jihati shundaki, u jinlar bizning er kurramizdan tashqarida ham hayot kechirish xususiyatiga ega ekaniga dalildir.  وَأَنَّا كُنَّا نَقْعُدُ مِنْهَا مَقَاعِدَ لِلسَّمْعِ فَمَن يَسْتَمِعِ الْآنَ يَجِدْ لَهُ شِهَابًا رَّصَدًا۝ وَأَنَّا لَا نَدْرِي أَشَرٌّ أُرِيدَ بِمَن فِي الْأَرْضِ أَمْ أَرَادَ بِهِمْ رَبُّهُمْ رَشَدًا۝ 9. Va albatta, biz u(osmon)da tinglashga qulay joylarga joylashib olar edik. Endi esa kim quloq solsa, o‘zini poylab turgan uchqunga duchor bo‘ladir.
10. Va albatta, biz er yuzidagilarga yomonlik iroda qilindimi yoki Robblari ularga rushdni iroda qildimi, bilmasmiz.
Bu oyatda jinlar g‘aybni, kishilar taqdirini bilmasliklarini o‘zlari e’tirof etmoqdalar. وَأَنَّا مِنَّا الصَّالِحُونَ وَمِنَّا دُونَ ذَلِكَ كُنَّا طَرَائِقَ قِدَدًا۝ 11. Va albatta, bizdan solihlar ham va boshqalar ham bor. Turli guruhlar bo‘lgan edik. ("Tafsiri Hilol" kitobidan).

2). Ayoli vafot qilgan kishi o‘sha ayolini singlisiga nikohlansa bo‘ladi. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 00:46 | Savol-javoblar | 148 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar