Milkdagi qonni yutib yuborsa

Assalomu alaykum! Qon xarom deyishgan. Agar odam xarom esa 40 kun ibodati o‘tmaydi. Milkdagi qonni ham yutib yuborsa ibodatlari o‘tmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Milkning qonini o‘zi bilmay yutib yuborsa zarari yo‘q. Lekin bilib turib yutish mumkin emas. Bundan ehtiyot bo‘lish kerak. Mabodo yutgan bo‘lsangiz, tavba qiling, shunda ibodatingizga zarar etmaydi, in shaa Alloh. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 19:39 | Savol-javoblar | 154 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar