Bu holat shar’an xalolmi?
Assalomu alaykum, Shayx xazratlari!Men bir xususiy korxonada menedjer lavozimida ishlayman. Kilayotgan ishim uchun maosh olaman. Korxonamiz chet davlatlaridan turli xil mollarni yurtimizga olib kelib tijorat kilish faoliyati bilan shugullanadi. Bizga buyurtma berilgan molni chet eldagi bir nechta etkazib beruvchi korxonalarga narx va molni etkazib berish shartlarini ma’lum kilishlarini surab murojat kilaman va olingan tijorat taklifini ya’ni narxlarini raxbarimga kursataman. Raxbarimiz molni aynan kaysi bir korxonadan olishimni belgilab bergandan keyin molni usha korxonadan sotib olamiz. Tabiiyki eng arzon va sifatli maxsulot taklif kilayotgan korxona bilan ishlaymiz. Chet eldagi biz mol sotib oladigan bir xamkor korxonalarimizning raxbari shaxsan mening nomimga pul junatdi. Men undan nima uchun junatgaligini suraganimda extiyojlaringa ishlatishing uchun uzim sen uchun junatdim dedi. Agar menga pul junatsang molnii aynan seni korxonangdan sotib olamiz yoki raxbarimizni seni korxonang bilan ishlashga kundiraman deb oldindan kelishib olmaganmiz u bilan. Menga yuborgan pulingni kiymatini bizga mol olishimizdan oldin bergan narxingga kushganmisan desam yuk bu pul men kurgan foydamdan ajratilgan dedi. Shu pulni olib uzimni extiyojim uchun ishlatishim shar’an xalolmi? Axlimga xarom lukma edirib kuyishdan kurkaman. Bu masalani echimiga aklim etmadi. Iltimos shu xolatga oydinlik kiritib bersangiz. Javobingiz uchun oldindan raxmat. Baxtimizga Allox umringizni ziyoda kilsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- O‘sha pul egasiga kelajakda noo‘rin foyda etkazib, sazovor bo‘lmasa ham molini olishdan chetlanishga ishonchingiz bo‘lsa, oling. Bunday adolatni o‘rnatishga ojizlik qilib, yanagi safar ushbu pulning ta’sirida egasiga yon bosishga o‘tadigan bo‘lsangiz, olmang.
3 May 2022, 04:07 | Savol-javoblar | 161 | Islam