Namoz ukish

Assalomu Alaykum Varaxmatulloxu Vabarakatux. Alloxdan sizga va oila a’zolaringizga uzok umir tilagan xolda bira savolim bor edi. Meni otam GAZ 31 (volga) mashinasini boshkaradilar. Xaydovchilik kiladilar ular besh vakt namozni koldirmasdan ukishga xarakat kiladilar. Dam olish kunlari masjidga chikib ukidilar. Ish kunlari mashinada ukidilar ular ish vaktida mashinani boshkara turib xayolan ukidilar. Iloji boricha masjidga kirishga xarakat kiladilar. Shunday kilsa buladimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Mashina boshqara turib xayolan namoz o‘qib bo‘lmaydi. Bir namozning vaqti ikkinchisining vaqti kirguncha davom etadi. Faqat Bomdodniki quyosh chiqishiga bog‘liq. Munosib vaqtini topib mashinani to‘xtatib, erga turshib o‘qish kerak.

3 May 2022, 04:07 | Savol-javoblar | 176 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar