Ota-ona aka-ukalar nomoz o‘qishga qarshilik qilsalar

Assalomu alaykum! Mani bir yaqin do‘stim dindor. Shu do‘stimni ota-onalari akalari unga qarshilik qilib namoz o‘qimaysan hali o‘qiydigan payting keladi. Hali sanga vohli deyabdi ekan. Yo‘q deb qarshilik qilsa ular ko‘pchilik bo‘lib urishibdilar. Ular namoz o‘qimasang ham qalbing toza bo‘lsa bo‘ldi deyabdiyakan. Do‘stim qanday yol tutsin? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz axloq va odobingizni go‘zal qiling. Ota-onangizga chiroyli qilib tushuntiring. ومن نماذج المؤمنين الصادقين الصحابي الجليل سعد بن أبي وقاص رضي الله عنه ، كان برّاً بأمه ، فلما أسلم امتنعت أمه عن الطعام والشراب ، حتى يرجع عن دينه ، فأبى رضي الله عنه ، وثبت على إسلامه ، ولم تجد أمه فائدة من إضرابها فعادت لطعامها وشرابها ، ومما ورد في ذلك قوله رضي الله عنه : ( يا أمّه , تعلمين والله لو كانت لك مائة نفس فخرجت نفساً نفسا ما تركت ديني هذا لشيء ، فإن شئت فكلي ، وإن شئت لا تأكلي . فأكلت ) . انظر : "تفسير ابن كثير"  Sa’d bin Abu Vaqqos roziyallohu anhu mo‘minlikda sodiq namunali sahobalardan bo‘lib onasiga mehribon edilar.  Sa’d roziyallohu anhu musulmon bo‘lganlarida dindan qaytishlari uchun  onasi eb ichishni tark qilib oldilar. Sa’d roziyallohu anhu (onasining talabini) rad qilib musulmonliklarida sobit turdilar. Onalari e’lon qilgan ochliklari foyda bermasligini bilgach emoq va ichmog‘iga qaytdilar.  Sa’d roziyallohu anhu: “Onajon, bilib qo‘ying, Allohga qasamki agar sizning yuzta joningiz bo‘lsayu ular bitta bittadan chiqsa ham bu dinimni biror narsa uchun tark qilmasman. Xohlang, eng. Xohlamasangiz, emang.” dedilar.   Onalari taomlanishni boshladilar. Tafsiri Ibn Kasir. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 04:30 | Savol-javoblar | 178 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar