Dinga noto‘g‘ri munosabat

Assalomu alaykum! Ustozlar, kecha bir do‘stimning nikox to‘yi munosabati bilan kursdoshlar yig‘ilib to‘yga bordik. Xozir zulxijja oyining ro‘zasini tutvomman. Sharoit taqozosi bilan to‘yhonada iftorlik qilishimga to‘g‘ri kelib qoldi. Qo‘limni duoga ochib og‘iz ochish duosini o‘qiganimni ko‘rib kursdoshlarimning biri xazillashib “qachon jixotga ketamiz” deb gapirib qoldi. Begona odamlar davrasida bo‘lganligi bois bunday xazillarni gapirmasligini so‘radim. Afsus buni unga tushuntira olmadim. Men bilan baxslashib ketdi. Ko‘p baxslashmasdan o‘zimni olib qochdim. Xozirgi vaqtda namozxon va ro‘zadorlar tomon shunday tarzdagi xazil va kinoyalar juda ko‘paydi. Ularga qanday munosabatda bo‘lishimiz kerak? Begona odamlar davrasida noqulay axvolda qolyapmiz. Bunday gaplardan keyin xamma bizdan shubxalanib orqadan har xil gaplar ko‘paymoqda. Iltimos yordam bering.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz sabr qiling va Allohdan duo qilib so‘rang, o‘sha o‘rtoqlaringizga ham hidoyat bersin. عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: إِنَّ اللهَ تَعَالَى قَرَأَ  طه  وَ  يس قَبْلَ أَنْ يَخْلُقَ السَّمَوَاتِ وَالْأَرْضَ بِأَلْفِ عَامٍ، فَلَمَّا سَمِعَتِ الْمَلَائِكَةُ الْقُرْآنَ قَالَتْ: طُوبَى لِأُمَّةٍ يَنْزِلُ هَذَا عَلَيْهَا، وَطُوبَى لِأَجْوَافٍ تَحْمِلُ هَذَا، وَطُوبَى لِأَلْسِنَةٍ تَتَكَلَّمُ بِهَذَا. رَوَى الْبَغَوِيُّ فِي الْمَصَابِيحِ  Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilinadi:
«Albatta, Alloh taolo «Toha» va «Yaasiyn»ni osmonlaru erni xalq qilishidan ming yil avval qiroat qilgan. Farishtalar Qur’onni eshitganlarida «Ushbu narsa nozil bo‘ladigan ummatga Tubo bo‘lsin! Ushbuni ko‘tarib yuradigan qalblarga Tubo bo‘lsin! Ushbu ila gapiradigan tillarga Tubo bo‘lsin!» deganlar».
Bag‘oviy «Masobiyh»da rivoyat qilgan.
Sharh: Ushbu rivoyatda ham Qur’oni Karimning fazli qanchalar ulug‘ ekanini ko‘rsatuvchi ma’nolar kelmoqda. Albatta, bunda ham Qur’oni Karimni o‘rganishga, qiroat qilishga va amal qilishga targ‘ib bor.
Ushbu hadisi sharifda Qur’oni Karim nozil bo‘ladigan ummatga, Qur’oni Karimni ko‘tarib yuradigan qalblarga va Qur’oni Karim ila gapiradigan tillarga «Tubo» bo‘lishi xabar qilinmoqda.
«Tubo» jannatning nomlaridan biri yoki jannatdagi daraxtning ismi bo‘lib, uning soyasida otliq kishi yuz yil yursa ham kesib o‘ta olmas. Shuningdek, bu saodat va yaxshilik ma’nolarini anglatadigan so‘zdir. Bularning hammasi ahli Qur’onga va’da qilinmoqda.
Ushbu hadisi sharifdan olinadigan foydalar:
1. Qur’oni Karimning fazilati ulug‘ ekani.
2. Alloh taolo Qur’oni Karimning «Toha» va «Yaasiyn» suralarini osmonlaru erni xalq qilishidan ming yil avval qiroat qilganligi.
3. Farishtalar Qur’onni eshitganlarida u nozil bo‘ladigan ummatga havas qilganliklari.
4. Qur’oni Karim nozil bo‘lgan ummat – Muhammad ummatiga Tubo jannati hamda saodat va yaxshilik bo‘lishi.
5. Qur’oni Karimni ko‘tarib yuradigan qalblarga Tubo jannati hamda saodat va yaxshilik bo‘lishi.
6. Qur’oni Karim ila gapiradigan tillarga Tubo jannati hamda saodat va yaxshilik bo‘lishi. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!

4 May 2022, 21:29 | Savol-javoblar | 157 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar