Uyma uy yurib narsa sotuvchilar

Assalomu alaykum! Ustozlar, uyga narsa sotib kelishipti. Uydigilar narsa olishgan ekan, bilsam turetski ko‘rpa yastiq pakrival ekan narxi 150$ li undan oshiqroq ekan. Ular arzonga beraman hammasini 100$ga beraman deyishipdi, uydigilar olishipdi nega arzon desa biletga pul kerak deyishpti. Bir xilar aytadi ular pulini chiqarib bo‘lgan o‘shanga arzon bervoradi, bir xillar o‘g‘irlab sotishi mumkin deydi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Zohiri rostligiga dalolat qilsa  olishingiz mumkin. Haqiqatan pulga muhtoj bo‘lsa muhtojligidan foydalanmaslikka ham harakat qilish kerak. Ammo o‘g‘irlanganligini shubhasi bo‘lsa aslo olmaslik kerak. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 04:51 | Savol-javoblar | 163 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar