O‘zi bilmagan holda avrat ochilib ketsa
Assalomu alaykum! O‘zimni bilmagan holda qattiq kasal bo‘lib balnitsaga tushb qoldim ahvolm og‘rligi uchun o‘zimi nazorat qilomasdim va bu holatda meni avratlarim ochilib qolgan. Buni hukmi qandey, men gunohkor bo‘lib qolmemanmi? Hushsiz holatmda avratlarmi ochilib qoganligi va shu holatda meni erkak vrach tekshirgan. Qo‘limdan ushlagan, uning hukmichi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu qasddan bo‘lmagani uchun sizga gunoh bo‘lmaydi. Agar siz o‘zingizda bo‘lganingizda aslo bunga yo‘l qo‘ymagan bo‘lar edingiz. عَنْ عَلِيٍّ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: رُفِعَ الْقَلَمُ عَنْ ثَلاثَةٍ: عَنِ النَّائِمِ حَتَّى يَسْتَيْقِظَ، وَعَنِ الصَّبِيِّ حَتَّى يَحْتَلِمَ، وَعَنِ الْمَجْنُونِ حَتَّى يَعْقِلَ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلَّا مُسْلِمًا Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Uch (narsa)dan qalam ko‘tarilgandir: uyqudagi kishidan to uyg‘ongunicha, yosh boladan to balog‘atga etgunicha, majnundan to aqli kirgunicha», dedilar».
Beshovlaridan faqat Muslim rivoyat qilmagan.
Sharh: Ushbu hadisi sharifdagi «qalam»dan murod shar’iy taklif qalamidir. Ya’ni mazkur uch toifa kishilar tomonidan sodir bo‘lgan ishlar ularning nomai a’mollariga yozilmaydi. Shunga binoan, uxlab yotgan odam taloq qilsa, balog‘atga etmagan bola yoki majnun kishi ham taloq qilsa, taloqlari tushmaydi.عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: إِنَّ اللهَ وَضَعَ عَنْ أُمَّتِي الْخَطَأَ وَالنِّسْيَانَ وَمَا اسْتُكْرِهُوا عَلَيْهِ. رَوَاهُ ابْنُ مَاجَهْ Ibn Abbosdan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Albatta, Alloh mening ummatimdan xatoni, unutilgan va majbur qilingan narsani kechirgandir», dedilar».
Ibn Moja rivoyat qilgan. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
9 May 2022, 22:30 | Savol-javoblar | 156 | Ayollarga oid masalalar