Aroq uchun bar yasash

Assalomu alaykum! Men mebel yasayman. Ba’zan mijoz oshxona to‘plami yoki BARni o‘zini yasab berishni so‘raydi. Lekin, dizaynda aroq uchun polka, ya’ni BAR (Bazan spirtli ichimlik rasmi chizilgan bazida faqat maxsus polkalar o‘zi chizilgan) bo‘ladi va xuddi rasmdek qilib yasashni so‘raydi. Savol, men oshxona to‘plamini yoki BARni rasmdagi BAR bilan yasab bersam bo‘ladimi? U polkaga odatda aroq kabi narsalar qo‘yiladi. Aslida men mijoz qaysi maqsadda foydalanishini bilmayman. Ustozlar "musulmon yomon gumon qilmaydi" deyishgan. Men yaxshi gumon qilib yasasam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Gunohga yordam berish hisoblanadi. Aynan harom narsa uchun bo‘lsa, yasab bermang. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 04:51 | Savol-javoblar | 168 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar