Sandek xotinim yo‘q manga begonasan desa

Assalomu alaykum! Erim bilan 9 oydan beri ko‘rishganimiz yo‘q. Rossiyada ishlaydi. Qaynona qaynotam bilan kelishmovchiliklar tufayli erim manga “sandek xotinim yo‘q, manga begonasan” desa o‘rtaga taloq tushadimi? Biz erim bilan yaxshi yashar edik qaynona qaynotam erimga agar ayolin bilan ajrashmasang oq bo‘lasan deb aytishdi. Shunday deyishga haqlari bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Haqlari yo‘q, ammo aytgan bo‘lsa taloq tushgan. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 04:24 | Savol-javoblar | 157 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar