Qayta nikoh mumkinmi
Assalomu alaykum! Men ayolim bilan janjallashib qolganimda unga “taloqsan, men uchun haromsan” degandim. Keyin ikkinchi marta nikoh o‘qtdim. Oradan vaqt o‘tib yana janjallashganimizda men yana “men uchun haromsan” dedim. Ayolim idda saqlamay uyiga ketib qoldi. Men yana qayta nikoh o‘qitsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Birinchi taloqsandan bitta, haromsandan ikkinchisi, keyingi haromsandan uchta taloq tushgan. Uch taloqqa shariatimiz hukmi quyidagicha:Er kishi o‘z ayolini bir taloq yoki ikki taloq qilsa, qaytadan yarashishi mumkin. Ammo uch taloq qilgandan keyin o‘sha er uchun u ayol vaqtinchalik haromga aylanadi. Qur’oni Karimning hukmiga binoan, u ayol boshqa erga tegib, bu eri bilan tabiiy holatda o‘lim yoki taloq tufayli ajrashgandan keyingina birinchi erga nikohi halol bo‘ladi. Buning uchun, albatta, u ayol ikkinchi er bilan er‑xotin bo‘lib yashashi shart. Ikkinchi er jinsiy aloqaga qodir emas kishi bo‘lsa, ayol qaytadan birinchi erga halol bo‘lmaydi. Nikoh to‘g‘ri nikoh bo‘lishi ham shart qilingan. ("Kifoya" kitobidan). Vallohu a’lam!
25 May 2022, 20:39 | Savol-javoblar | 135 | Oila va turmush