Meros bo‘linayotganda farzandlarni holati
Assalomu alaykum! Meros bo‘linayotganda farzandlarni holati inobatga olinadimi? Masalan sharoiti borlarga kamroq sharoiti kamroqlarga ko‘proq qilib ajratish mumkinmi? Yoki har qanday holatta shariatdagi ko‘rsatma bilan bo‘linadimi? Masalan otam 3 ta o‘glim borligi uchun er joy kerak deb erlarini malum miqdorini o‘z narxidan yarmiga sotganlar yarmi qizimmi haqqi deb berdilar. Shunda singlimga ham o‘sha erni qancha summasini menga meros deb bergan bo‘lsalar o‘sha summani berishlari kerakmi? Aslida ajratadigan pullari yo‘q. Singlimni esa er sotib olishga (yarim narxichalik summasi) ham puli yo‘q. Shunda qanday yo‘l tutiladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tirikligida merosni tarqatayotgan bo‘lsa bu hadya bo‘ladi. Hadyani farzandlarning holiga qarab beraveradi. Yaxshi ko‘rgani uchun boyga ko‘p, yomon ko‘rgani uchun nochorga kam bersa albatta adolatsizlik bo‘ladi. Vafot topgandan keyin bo‘linadigan bo‘lsa albatta shariat taqsimlaganidek qilish kerak. Vallohu a’lam!
3 May 2022, 05:24 | Savol-javoblar | 158 | Oila va turmush