Yuklanish

Assalomu alaykum! Qadrli ustozlar, bir do‘stim “oilaviy yuklanganmiz” deb bolalari, xotini bilan o‘qittirishga eshonning oldiga boribdi. Eshon “qattiq yuklanibsizlar, sizlarni yukingizni chiqarish uchun 2 ta baquvvat katta qo‘chqor kerak. u “Men sizlarni o‘qib, yukingizni o‘sha qo‘chqorlaringizga o‘tkazaman, (qo‘chqor eshonnikida qoladi) o‘shanda yaxshi bo‘lishlariz mumkin” debdi. Avval ham xuddi shunday vaziyatda o‘sha eshonning oldiga qo‘chqor olib borganida, eshon do‘stimni o‘qib, yukini qo‘chqorga o‘tkazganida, qo‘chqor 3 kundan keyin o‘lgan ekan. Qo‘chqor yukni ko‘tarolmay o‘lganini eshon aytgan ekan. Qo‘chqorni o‘lganini do‘stim ko‘zi bilan ko‘rmagan, lekin eshon taqvoli  va ilmli kishi emish. Endi do‘stim o‘qittirish uchun qo‘chqorlarni olib borsinmi? Shariatda shunday narsa bormi? Agar bo‘lmasa birinchi safardagi qo‘chqor nima uchun o‘lib qolgan bo‘lishi mumkin?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shariatda bunday gap yo‘q. Agar shunday “yukini qo‘yga o‘tkazaman” deb aytgan bo‘lsa, e’tiqod jihatidan qattiq xato qilibdi. Chunki banda davo iste’mol qilishi, ruqiya o‘qishi mumkin, lekin shifoni Alloh taolo beradi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 11:41 | Savol-javoblar | 162 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar