Soliq avval beriladimi yoki zakot?

Assalomu alaykum.Ma’lumki, davlatning soliq va u yoki bu turdagi boshqa to‘lovlari bor. Bu kabi majburiy to‘lovlar jismoniy va yuridik shaxslarga qarab turlichadir. Zakot ham zimmasiga tushgan kishi uchun majburiy hisoblanadi. Qaysi biri avval beriladi? Chunki ularning avval yoki keyinligiga qarab hisob ham farqli bo‘ladi. Albatta boshqa usul ham bor: Shariatda ko‘zda tutilmagan, lekin hozirgi davlatning qonunchiligiga ko‘ra majburiy bo‘lgan to‘lovlar to‘lanaveradi. Zakot ham, o‘z navbatida, mana shu to‘lovlar to‘linishidan avvalgi holat bo‘yicha hisoblanib, beriladi. Bu bilan yuqoridagi to‘lovlar zakotning ozayishiga sabab bo‘lmaydi. Lekin bu mening shaxsiy fikrim xolos va u qanchalik to‘g‘ri ekanligini bilmadim. Shuning uchun aslida qanday bo‘lishi kerakligini bilmoqdi edim. Rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Zakotning vaqti kelganda hech narsaga qarmay beriladi. Boshqa to‘lovlarning zakotga aloqasi yo‘q.

3 May 2022, 05:46 | Savol-javoblar | 165 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar