Madinabonu degan ayol haqida
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, bundan bir necha yil oldin Farg‘ona viloyati Yozyavon tumanidagi Madinabonu ismli ayol xaqida eshitib borgan edik. U ayolni aytishicha bir kuni tungi taxajjud namozini o‘qigandan so‘ng uning qalbiga bir nur kiradi shu kundan boshlab nonga ovqatga to‘ydim lekin Fotiha surasiga to‘ymadim. Doim uni takrorlab yurdim deydi va oradan biroz vaqt o‘tib u ayolga insonlarning barcha ichki azolari ko‘rina boshlabdi. U bundan qo‘rqib ketgan. U ayolni oldiga Respublika tashxis markazidan doktorlar kelib uni poytaxtga olib ketibdi. U ayol boshqa xonada doktorlar boshqa xonada bitta bemorga tashxis qo‘yishibdi va natijalar bir xil chiqibdi. Ular bu ayolga noyob istedod nasib qilganligini aytib uni o‘sha erda malaka oshirishga olib qolishibdi. Shundan so‘ng u xaqida kitoblar chiqarilibdi, dunyoni 16 davlatiga safarlar uyushtirib turli bemorlarni davolabdi. Biz borganimiza ertalab egan narsamizni aytib ana oshqozoningizda turubdi deb aytdi. Lekin rost topib aytdi va kasalligimizni aytdi va siz bitta M.. ismli ayol bilan ko‘p gaplashasiz ekan g‘iybatini eshitasiz ekan shuning uchun yuzingizda dog‘lar bor dedi. Xaiqatda to‘g‘ri aytdi. Endi tavba qiling va g‘iybat uchun 300 ta Ixlos surasini o‘qing dedi. U erda ko‘p insonlar o‘tiradi va bir birini tashxisini eshitadi. Boshqasiga siz uyingizda bir ilonni o‘ldirgan ekansiz mana u kaftimda xunini so‘rayapti dedi. O‘ldirgan ilon uchun 7 marta Fotiha surasini o‘qiysiz dedi. Xullas xar xil ishlar uchun suralarni malum adadda o‘qilishi kerakligini aytadi va yozib olishimizni tayinlaydi. Chap qo‘lim bilan ichki azolaringizni qo‘limga olib ko‘raman o‘ng qo‘lim bilan osmon xabarini olaman deydi. Savolim shuki bu xol bo‘lishi mumkinmi? Biz xam u ayolni oldiga borganimiz uchun gunohkormizmi? Men keyinroq bunday narsalar gunohligini bilib tavba qildim va qaytib bormadim. Agar noto‘g‘ri bo‘lsa shuncha yurtdoshlarimiz u ayolga aldanyaptimi? Xatto qo‘shni resbuplikalardan xam kelishadi. Men eng ajablangan narsam xatto respublikadagilar xam ishongani kitoblarida chet ellik doktorlar va o‘zbek doktorlari bilan tushgan rasmlari va olgan diplomlari. Xatto litsenziyasi xam bor ekan aytishi bo‘yicha.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Ularning holatida jinlarga ilashib qolishadi va jinlar musulmonlarni yo‘ldan ozdirish, kufrga chaqirish uchun undaylardan foydalanishadi. Aslida ular Allohga yaqin bandalar emas shaytonga yaqin va suyukliklaridan hisoblanishadi. Iymon keltirmagan inson Ixlos surasini milion bor takror o‘qisa ham foydasi bo‘lmaganidek u kabi insonlar ham o‘qishidan foyda yo‘q. Buni to‘g‘ri tushunmagan insonlar ularga ixlos qilaveradilar. Hammasi makkorlik. Bularning eng kattasi Dajjoldir. Dajjolni bu kabi fitnaga soladigan gap va ishlari juda ko‘p bo‘ladi. Oddiy bularga ishonganlar dajjolga o‘ylanib ham o‘tirmasdan ergashib ketishadi. Shuning uchun Alloh taolo haq bilan botilni ajratish uchun shariat mezonini nozil qilgan. shariatga zid bo‘lgan har qanday g‘ayri tabiy ishlar oqibatda do‘zaxga olib boradi. Qiyomatga yaqin bu kabi makkoriklar ko‘payib ketadi. Oxiri Dajjol chiqadi. Alloh taolo unga odamlarni adashtirish uchun g‘ayritabiy qobilyatlarni ham bergan. U insonlarni o‘ziga ibodat qilishga chaqiradi. Iymoni zaif odamlar ikkilanib qolgan vaqtda xohlasalaring senlarni ota-onalaringni tiriltirib beraman – deydi. Ular “agar shunday qilsang seng iymon keltiramiz” deyishadi. Dajjol buyruq beradi shayton va jinlar ularning ota-onalari suratiga kirib oldilarida namoyon bo‘lishadi. Shunda ular Dajjolga iymon keltirib unga ibodat qilishadi. عن أبي أمامة الباهلي رضي الله عنه قال النبي صلى الله عليه وسلم عن الدجال : " وَإِنَّ مِنْ فِتْنَتِهِ أَنْ يَقُولَ لأَعْرَابِيٍّ أَرَأَيْتَ إِنْ بَعَثْتُ لَكَ أَبَاكَ وَأُمَّكَ أَتَشْهَدُ أَنِّي رَبُّكَ ؟ فَيَقُولُ : نَعَمْ . فَيَتَمَثَّلُ لَهُ شَيْطَانَانِ فِي صُورَةِ أَبِيهِ وَأُمِّهِ فَيَقُولانِ يَا بُنَيَّ اتَّبِعْهُ فَإِنَّهُ رَبُّكَ " رواه ابن ماجه Abu Umoma Bohiliy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Nabiy sollallohu alayhi vasallam Dajjol haqida so‘zlab: “Uni fitnasidan biri a’robiyga qarab “Agar ota-onangni tiriltirib bersam meni robbing ekanligimga guvohlik berasanmi” deydi. U “Ha” deydi. Shunda ikki shayton ota-onasi suratiga kirib: “Ey o‘g‘ilcham uni ortidan ergash, u sening robbingdir” deyishadi”.
Ibn Moja rivoyati.
Haqiqiy iymoni butun kishilar esa bunday bo‘lishini xabarini Rasululloh sollallohu alayhi vasallam berganlari uchun iymonlari yanada ziyoda bo‘ladi. أَنَّ أَبَا سَعِيدٍ قَالَ: حَدَّثَنَا رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَوْمًا حَدِيثًا طَوِيلًا عَنِ الدَّجَّالِ، فَكَانَ فِيمَا يُحَدِّثُنَا بِهِ أَنَّهُ قَالَ: «يَأْتِي الدَّجَّالُ وَهُوَ مُحَرَّمٌ عَلَيْهِ أَنْ يَدْخُلَ نِقَابَ الْمَدِينَةِ، فَيَنْزِلُ بَعْضَ السِّبَاخِ الَّتِي تَلِي الْمَدِينَةَ، فَيَخْرُجُ إِلَيْهِ يَوْمَئِذٍ رَجُلٌ وَهْوَ خَيْرُ النَّاسِ أَوْ مِنْ خِيَارِ النَّاسِ، فَيَقُولُ: أَشْهَدُ أَنَّكَ الدَّجَّالُ الَّذِي حَدَّثَنَا رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ حَدِيثَهُ، فَيَقُولُ الدَّجَّالُ: أَرَأَيْتُمْ إِنْ قَتَلْتُ هَذَا ثُمَّ أَحْيَيْتُهُ، هَلْ تَشُكُّونَ فِي الْأَمْرِ؟ فَيَقُولُونَ: لَا. فَيَقْتُلُهُ ثُمَّ يُحْيِيهِ، فَيَقُولُ: وَاللهِ مَا كُنْتُ فِيكَ أَشَدَّ بَصِيرَةً مِنِّي الْيَوْمَ. فَيُرِيدُ الدَّجَّالُ أَنْ يَقْتُلَهُ فَلَا يُسَلَّطُ عَلَيْهِ Abu Sa’id roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Dajjol haqida bizga uzoq so‘zladilar. Bizga aytganlarining ichida shunday deganlari ham bor edi: «Dajjol Madinaning tashqarisidagi sho‘rxoklardan biriga keladi – holbuki, uning Madinaga kirish yo‘llariga kelishi ham harom qilingan. – O‘sha kuni uning oldiga odamlarning eng yaxshisi [yoki odamlarning eng yaxshilaridan biri] bo‘lmish bir kishi chiqib: «Guvohlik beramanki, sen Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizga so‘zlab bergan dajjolsan», deydi. Shunda dajjol (bir odamni ko‘rsatib,) «Agar buni o‘ldirib, keyin tiriltirsam, nima deysizlar? Bu ishga shak qilasizlarmi?» deydi. Ular: «Yo‘q», deyishadi. U uni o‘ldirib, so‘ngra tiriltiradi. U uni tiriltirgan zahoti (boyagi yaxshi odam): «Allohga qasamki, sen haqingda bugungichalik aniq ishonchga ega bo‘lmaganman», deydi. Dajjol uni o‘ldirmoqchi bo‘ladi, lekin unga g‘olib kela olmaydi». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 21:45 | Savol-javoblar | 161 | Turli savollar