Vasvasa qo‘lni ko‘p yuvish haqida
Assalomu alaykum ustozlar! Men qo‘limga najosat tekkanda vasvasa bo‘lib ko‘p vaqt qo‘limni yuvadigan bo‘lib qoldim. Juda ko‘p yuvaverganimdan qo‘lim yara bo‘lib ketdi. Bilimsizligimdan shaytonni vasvasasiga aldanib qolmoqdaman. Ustozlar shuning uchun bir nechta savollar bor edi qisqa javob bo‘lsa bo‘ldi. Oldindan uzr so‘rayman bir nechta savol berayotganimdan bu savollar javobi men uchun muhim vasvasadan qutilishni xohlayman. Tahorat olishim juda cho‘zilib ketmoqda. Bomdodga tong otishi bilan tursam istinjo va tahorat qilib kelaman degunimcha 5 minut qolgan bo‘ladi quyosh chiqishiga faqat farzni o‘qib olaman shuning uchun bu savollar javobi menga muhim. 1. Agar qo‘lni qaysidir qismiga najosat tegsa qo‘lni hamma joyini 1- marta yuvib tomchi tommaydigan holatga olib kelib, keyin 2- marta yuvib buni ham shunday holatga olib kelib 3-marta yuvib sochiqqa artishik kerakmi? Yoki shunday 3 marta yuvib qo‘ysam bo‘ldimi? 2. Istinjo qilishdan oldin qo‘lni 3 marta yuvib keyin istinjo qilish kerakmi? Men istinjodan oldin hojatga kirib kichik yoki katta hojat qilib olsam qo‘limga najosat tegsa qog‘ozga artib keyin o‘sha qo‘lim bilan avrat joylarni yuvsam bo‘ladimi? Hozir men katta va kichik hojatda qo‘limga najosat tegsa hojatxonadan chiqib qo‘limni 3 marta yuvib keyin kirib istinjo olayapman. Keyin chiqib yana 3 marta yuvib quritib keyin tahorat olmoqdaman. Bitta qo‘lib yuvib quritishga 10 minut vaqt ketmoqda 4. Istinjoda avrat joylarni qo‘lim bilan yuvganimdan keyin qo‘lim ham najosat bo‘ladimi? Istinjodan chiqib 3 marta yuvib qo‘limni tomchi tommaydigan xolatga olib kelmasdan og‘izga suv olib tahoratni boshlab ketsam bo‘ladimi? 5. Agar badanimni ba’zi qismiga najosat tegsa o‘sha joyni yuvsam suv tomchilab oqib boshqa najosat tegmagan joylarga ham sachraydi va oqib o‘tadi masalan qornimga tegib qolsa suv bilan yuvsam suv boshqa joylarga ham sachraydi va ozroq oqib o‘tadi. Bunday holatdan qanday yuvish kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Uch marta yuvsangiz bo‘ldi. 2). Uch marta yuvish shart emas. yuvib quritishga hojat yo‘q. 4). Joy toza bo‘lishi bilan qo‘l ham toza bo‘ladi. 5). Buni hech qanday zarari yo‘q. Vallohu a’lam!
3 May 2022, 05:48 | Savol-javoblar | 194 | Tahorat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Uch marta yuvsangiz bo‘ldi. 2). Uch marta yuvish shart emas. yuvib quritishga hojat yo‘q. 4). Joy toza bo‘lishi bilan qo‘l ham toza bo‘ladi. 5). Buni hech qanday zarari yo‘q. Vallohu a’lam!
3 May 2022, 05:48 | Savol-javoblar | 194 | Tahorat