Yuk sotish
Assalomu alaykum! Men Amerika logistika firmasida ishlayman, bizda amazon yuklar 1-2 haftalik shartnoma boyicha keladi va biz bu yuklarni o‘zimizning haydovchilar bilan etkazib beramiz, lekin ba’zi xolatlarda shu yuklarni o‘zimizning haydovchilar etkazib berolmaydigan xolatlar uchrab turadi (mashina buzilip qolishi, avariya, bo‘sh haydovchining shaxsiy sabablari va hokazolar). Shu xolatlarda bizda 2ta yo‘l qoladi 1chisi u yukni amazon tizimida bekor qilish va buning oqibatida amazon oldida bizning firma obro‘siga putr etadi va ishonch kamayib shu ketish bo‘lsa shartnoma orqali beriladigan yuklar berilmasligi turadi. 2chi yo‘limiz o‘zimiz etkazib berolmaydigan yukni o‘zimizga o‘xshagan boshqa firmaga foydasi bilan yoki foydasiz sotish turadi. Lekn biz yukni olib sotishimiz amazonning va Amerikaning qonunchiligida taqiqlanadi ya’ni bizda olib sotish (brokerlik) huquqi yo‘q va uning uchun boshqacha shartnoma va litsenziyalar bolishi kerak. Va ba’zi firmalar bunday yuk olib sotishni kasb qilip olgan lekn biz taxminan 10dan 1 xolatlarda sotayapmiz. Endi bu ishimiz firma rahbarlariga va men ishchi bo‘lip bu ishni bajarishim shariatta joizmi yoki yo‘q? Yoki bunday xolatlarda foyda bilan sotishimiz joizmas bo‘lip lekn foydasiz sotishimiz joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Joiz emas. Sizga ish beruvchi taraf (Amazon) o‘sha ishni faqat o‘zingiz bajarishingiz lozimligini shart qilib qo‘yibdi. Endi uni boshqaga bajartira olmaysiz. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 13:40 | Savol-javoblar | 149 | Halol va harom
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Joiz emas. Sizga ish beruvchi taraf (Amazon) o‘sha ishni faqat o‘zingiz bajarishingiz lozimligini shart qilib qo‘yibdi. Endi uni boshqaga bajartira olmaysiz. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 13:40 | Savol-javoblar | 149 | Halol va harom