Bolaga ism qo‘yish

Assalomu alaykum! Bolam xozirgi paytda 2 oy 20 kunlik. Mana 50 kundan beri og‘ir kasal bilan kasalxonada xayot bilan kurashib yotibdi. Vrachlar xammasi Xudodan deyishadi. Ismi Azizbek. Bolaga Muxammad ismini qo‘yish juda yaxshi deb eshitdim. O‘zim 5 vaqt namozdaman Allohga shukur. Davlat ishida ishlaganim uchun o‘ranganim yo‘q, lekin niyat ishoAlloh. Dadasi xam benamoz, ularni xam ko‘ndiraman, biz bu bolaga ota onalikka arziymizmi? Yordam bering juda tushkunlikdamiz. Bolam qiynalayapti.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz va eringiz ushbu Allohning rahmati yog‘ilib turgan, so‘raginingni beraman deb turgan kunlarda peshonangizni sajdaga qo‘yib qodiri mutloq bo‘lgan Zotdan yalinib shifo so‘rang. Bolaning sog‘ligi uchun ham tahorat qilib boshni sajdaga qo‘yolmagan ota-ona qanday qilib inson deyilishga loyiq? Shifoning manbaasi Allohdir. Allohdan uzilgan inson qanday shifo topishi mumkin, chaqaloq o‘zi sut so‘rolmaydigan holatda bo‘lsa ota-onaning farzandi haqqida qilgan duosi ijobat deb hadisda aytilib turgan bo‘lsa, duoning odobi bo‘lgan tahoratni qilib ikki rak’at hojat namozini o‘qib bolasiga shifo so‘rash ota-onaning burchi. Biz bundan ham qo‘polroq so‘zlarni yozmoqchi edik, ammo o‘zi bolangiz tufayli qalbingiz og‘rib turgan bo‘lsa, boshni sajdaga qo‘yish uchun shu so‘zlarimiz kifoya qilsa kerak deb o‘yladik. Sizni farzandingiz haqiga ham duo qilamiz. Alloh shifo ato qilsin, sizlarni ham hidoyat topgan bandalari safida qilsin. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 06:18 | Savol-javoblar | 164 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar