Do‘stimning nikohi
Assalomu alaykum! Do‘stim ayoliga 2 martta taloq so‘zini ishlatgan va yana qayta nikohlab yashagan. 3-sida ayoli “javobimmi bering” deb taloq so‘ragan. Er jahli ustida yana 1 marotaba 3 taloqsan degan. Endi nima bo‘ladi? Ular qayta 3-bor nihoklanishi mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nikohlanishi mumkin emas. Ahli sunna val jamoaning birorta kitobining chekasida ham uch taloqdan keyin eriga nikohlanish joiz degan gap yo‘q. Er kishi o‘z ayolini bir taloq yoki ikki taloq qilsa, qaytadan yarashishi mumkin. Ammo uch taloq qilgandan keyin o‘sha er uchun u ayol vaqtinchalik haromga aylanadi. Qur’oni Karimning hukmiga binoan, u ayol (idda o‘tirib) boshqa erga tegib, bu eri bilan tabiiy holatda o‘lim yoki taloq tufayli ajrashgandan keyingina (yana idda o‘tirib) birinchi erga nikohi halol bo‘ladi. Buning uchun, albatta, u ayol ikkinchi er bilan er‑xotin bo‘lib yashashi shart. Ikkinchi er jinsiy aloqaga qodir emas kishi bo‘lsa, ayol qaytadan birinchi erga halol bo‘lmaydi. Nikoh to‘g‘ri nikoh bo‘lishi ham shart qilingan. ("Kifoya" kitobidan). Vallohu a’lam!
3 May 2022, 06:52 | Savol-javoblar | 152 | Oila va turmush