O‘quv Markazdagi foizli-oylik

Assalomu alaykum! Men bir o‘quv markazda ishlayman. Ingliz tilini o‘rgataman. Dars boshlanish kuni yaniy birinchi kunida o‘quvchilarga qonuniy kuchga ega (balki diniy xam dir Vallohu a’lam!) ShARTNOMA beramiz. ShARTNOMA da quyidagilar yozilgan: a) Darslar boshlanganidan so‘ng dastlabki 2-ta dars ichida to‘lovni amalga oshirishingiz shart. Aks holda darslarga kiritilmaysiz. b) 2-ta darsdan so‘ng to‘lovingiz qaytarib berilmaydi. Ushbu ShARTNOMA bilan tanishtirib chiqib va ogoxlantirib ROZIMAN degan joyiga o‘quvchining o‘zi va ota-onasidan qo‘l qo‘ydirib olaman. Bazan o‘quvchilar darslarga kelishmaydi. Masalan: sog‘liklari sabab, shaxsiy muammolari sabab, dars qilmaganliklari sabab, rejalari o‘zgarib darslarda ortiq ishtirok etaolmay qolishlari sabab darslarda ishtirok etishmaydi. Deylik, bir o‘quvchi 2-oylik to‘lovni oldindan qildi. Lekin 1-oydan so‘ng kelmay qoldi. Men darslarni kelayotgan o‘quvchilar bilan davom ettirayapman. Darslarga kelmay qolgan o‘quvchilarni qilgan to‘lovlari qaytarib berilmaydi chunki 2-ta darsdan oshiqroq darslarda ishtirok etishgan. (ShARTNOMA da keltirilgan) Men xar oyda men o‘qitgan guruxlardagi o‘quvchilarimning qilgan to‘lovlaridan bir muncha foizini oylik sifatida olaman. "FOIZ" deganimni sababi oyligim xar oyda xar-xil bo‘ladi (O‘qitgan o‘quvchilarimni soniga va qilgan to‘lov pullariga qarab.) Endi, xar oyda oyligimni xisoblanayotganda o‘quvchilarimni kelmagan kunlari oyligimdan chiqarib yuborilmaydi va menga ular kelgan xissobda oyligimni(foizimni) berishadi. Eslatma: Kelmagan kunlari uchun dars o‘tib berilmaydi. Buni iloji xam imkoni xam yoq. Savolim: 1) Darslarga muntazam ravishda kelmagan yoki kelmay qolgan o‘quvchilarimning qilgan to‘lovlaridan menga berilgan oylik (foiz) menga xalolmi? 2) Darslarga kelmay qolgan o‘quvchilarning to‘lovlarini "O‘quvchini o‘zining muammosi" deb ShARTNOMA ni ko‘rsatib "2-ta darsdan keyin to‘lov qaytarib berilmaydi deyilgan, ogoxlantirilgan, roziligini olingan" deb to‘lov pullarini qaytarib bermaslik joizmi? 3) Atigi bir marotaba darsga kelmagan bo‘lsa xam qilgan to‘lovidan xisoblab kelmagan kuni uchun ulushini qaytarib berilishi kerakmi? 4) ShARTNOMA da ROZIMAN deb imzo chekib keyinchalik ROZI EMASMAN desa yoki shunday xayol o‘tsa nima bo‘ladi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). O‘quvchi bilan muayyan muddatga shartnoma tuzgan bo‘lsangiz, o‘sha muddat ichida o‘quvchi darsga kelmagan bo‘lsa ham kelishilgan pulni olishingiz joiz.2). Joiz.3). Kerak emas.4). Shartnomaga rozi bo‘lmasa, tuzilmagan bo‘ladi.Shuni eslatib qo‘yish lozimki, o‘quvchilarga sifatli ta’lim va’da qilib, shartnoma tuzib, so‘ngra ularga va’da qilinganday saviyada ta’lim berilmasa, ularning bergan puli oluvchilarga halol bo‘lmaydi. Hadisda quyidagicha keladi:عن أنس أن النبي صلى الله عليه وسلم قال : لا يحل مال امرئ مسلم إلا بطيب نفسه. رواه الدارقطنيAnas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi :
Nabiy sollallohu alayhi vasallam : “Musulmon kishining moli ko‘nglidan chiqarib bersagina halol bo‘ladi. Aks holda halol bo‘lmaydi” dedilar. 
Doraqutniy rivoyati. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 10:12 | Savol-javoblar | 168 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar