kitob vaqfi
Assalamu alayku va rohmatulloh. Men Allohning baytiga kutubxona uchun o‘z yurtimizda yashab butun dunyoga ziyo xizmatida bo‘lgan sevimli olimlarimiz bitgan rasmiy kitoblardan savob niyatida bergan edim. Va bu savobdan marhumlarimga atash niyati bor edi. Imom jamoaga bu vaqf qilingan kitoblarni asrab foydalanilsin degan bo‘lsa ham, ko‘pchilik menda ham shunday kitob bo‘lsaydi deb orzu qiladigan ba’zi kitoblar g‘oyib bo‘ldi (ayniqsa “Kifoya”, “Adabul Mufrad”, “Ruhiy tarbiya”ga o‘xshashlari). Aslida, avvaliga men ularni hadya qilib bergan edim va vaqf niyati yo‘q edi. Keyinchalik, yana kitoblar sotib olib, vaqf qilmoqchi edim. Lekin kitoblarning ba’zisi noma’lum kishilar tomonidan olinib, uyga olib ketilgani, joyiga qaytib kelmagani va ularning qaytishiga umid yo‘qligi, meni to‘xtatib qoldi. Shunga bu boradagi o‘z kuchim bilan javob topolmagan ba’zi savollarda yordamingizni so‘rayman. 1. Turli vaqflar haqida eshitgan bo‘lsakda, kitob vaqf qilish, xususan ularni masjidga vaqf tariqasida berish xususida, bunday vaqfning qoidalari va odoblari borasida bilmaymiz. Bunda mablag‘li bo‘lsa ham bo‘ladimi? Masalan, bir masjidda vaqf qilingan kitob arzimagan evazga vaqtincha o‘qish uchun berilargan, tushgan mablag‘ esa shu kitoblar uchun sarflanar ekan. Men ham kitoblar uyga olib ketiladigan bo‘lsa, faqat ma’lum sonli kunlarga olib ketilsin, kitobga bilib-bilmay zarar keltirsa, ma’lum qismda tovonini to‘lasin, degan shart qo‘ysam joizmi? Bu xususda dars bersangiz.2. Masjidga ko‘pchilik ehtiyoji uchun savob umidida berilgan kitoblarni olgan va qaytarmagan shaxs(lar) masalasi. Bir tomondan aynan kitobga bunchalik harislik bo‘lishi quvonarli bo‘lsa ham, bu tariqa bo‘lishi achinarli. Axir bu ish savobi mening marhumlarimga atalganku? Ularning savobiga, mening niyatimga, qolaversa masjidning mulkiga aylangan narsaga xiyonat qilinmoqda. Men ularga faqat insof tilab turibman. Buning hukmi qanday? Mening niyatimga to‘sqinlik qilgan bu shaxs(lar)ga men qalban qanday munosabatda bo‘lishim kerak? Yoki kechib yuborishim kerakmi?3. Vaqf niyatida bermoqchi keyingi kitoblarim muqovasi ichida: ushbu kitoblar qaysi niyatda berilgani, “Kitob o‘g‘risi – o‘g‘ri emas” deyuvchilar aynan boshqalarga atalgan ilmning, va demakki xatolarda tuzalish omilining eng katta o‘g‘risi ekanligini, birovning vaqfi jamoatga omonat mulk ekanligini, qiyomatda esa har bir zarra savob uchun talashiladigan pallada savobdan qolgan men, marhumlarim va u kitob ilmidan mahrum bo‘lganlar ularning xusumatchisi bo‘lib qolishimiz mumkinligini bildirib yozmoqchiman. Shunday qilib vaqfimga yozuv bitsam bo‘ladimi? Shu xususda hadislar ham bormi? Agar shunday deb yozish joiz bo‘lsa, uni qanday yozsam hammaga foydaliroq?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Aytilgan ishlarni qilsangiz bo‘ladi.2. Kechib yuborgan yaxshi.3. Buni ham qilsangiz, bo‘ladi.
3 May 2022, 07:35 | Savol-javoblar | 172 | Moliya va tijorat
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Aytilgan ishlarni qilsangiz bo‘ladi.2. Kechib yuborgan yaxshi.3. Buni ham qilsangiz, bo‘ladi.
3 May 2022, 07:35 | Savol-javoblar | 172 | Moliya va tijorat