Namz tugrisida

Assalomu alaykum shayx janoblari sizni ko‘p bora bezovta qilayotganim uchun uzr so‘rayman.Shayx janoblari bir ma’uzani eshitishimdan oldin xar kuni faqat xuftonni o‘qishdan oldin taxoratdan so‘ng shukurona nomozi o‘qir edim, shuningdek, kechkurunlari taxajjud nomozi o‘qir edim. Lekin ma’ruzada insonlar nafl nomozarni ko‘paytirib, qazo nomozlarini unitishi oqibatida jaxxanamni o‘ziga joy qiladi degandan so‘ng. Men faqat besht vaqt farz nomozlarimni o‘qyabman va xar dushanba va payshanba kunlari qazo ro‘zalarimni tutib bormoqdaman. Biroq xozirda oldin qoldirgan qazolarimni o‘qishni ilojini qilolmayabman, lekin albatta o‘qiyman. Ammo taxajjud nomozini o‘qish niyatim bor edi shunga nima qilsam bo‘ladi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Qazoni boshlang, tahajjudni ham o‘qiyvering. Ma’ruzada aytilgan gap asossiz.

3 May 2022, 07:57 | Savol-javoblar | 200 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar