Uzum haqida hadis
Assalomu alaykum! Naqadar go‘zal axloqlisiz, yo #RasulAlloh! Qishloqdan bir kambag‘al kishi, qo‘lida bir kosada to‘la uzum ila Rasulullox sallollohu alayxi va sallam xuzurlariga, hadya qilmoq niyatida keldi. Rasulullox sallAllohu alayxi va sallam qo‘lidagi bir kosa uzumni olib undan edilar, bir marta olib eganlaridan keyin bir tabassum qildilar, ikkinchi bor olib eganlaridan so‘ngra yana jilmaydilar. U zotni tabassumlarini ko‘rgan faqir kishi xursandligidan osmonga uchay dedi. Atrofida turgan U zotning asxoblari qarab turardilar ammo har galgidek asxoblariga bu safar uzumni ulashmadilar xatto kosadagi uzumni har eganda tabassum qilib, oxirigacha eb tugatdilar. Faqir kishi xursandligidan o‘ziga sig‘may, qaytib ketdi. Saxobai Kiromlar Rasulullox sallAllohu alayxi va sallamga qarab: - Yo RasulAlloh! Nima uchun bizni uzumga sherik qilmadingiz? - dedilar. Rasulullox sallAllohu alayxi va sallam ularga bir tabassum qilib: "U uzumdan bir olgandim judayam achchiq ekan, sizlar ila sherik bo‘lsam, birortangiz u kishini xursandligini buzib qo‘ymoqligingizdan qo‘rqdim! dedilar". Assolatu vassalamu alayka, yo Rasulalloh! Yuqorida keltirilgan voqeylik sahih dalillar bilan kelganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunaqa hadisni bilmaymiz. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 20:10 | Savol-javoblar | 189 | Hadislar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunaqa hadisni bilmaymiz. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 20:10 | Savol-javoblar | 189 | Hadislar