Juma namozi xaqida

Assalomu alaykum! 33 yoshdaman. Ko‘p gunoh ishlar qildim, ichkilikka berildim. Dadam bilan onam namozlarida tinmay duo qilib meni Alloh hidoyatga boshlashini so‘rashardi. Alhamdulillah duolari ijobat bo‘ldi. Namoz o‘qishni boshladim. Yomon odatlarni tark etdim. Juma namoziga g‘usl qilib erta boraman. Har qancha urinmay birinchi borgan bo‘lmayapman. Qancha erta borsam ham odam bor bo‘ladi. Men tuya qurbonlik qilgan savobiga erishishga urinyapman. Demak odam uzilmasa u savobga erisholmaymanmi? 2) Ba’zan farz yoki sunnat namozda niyatni almashtirib qo‘yaman. Namoz ichida hayolimga kelib qoladi. Namozni boshqa o‘qiymanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Gap odam bor-yo‘qligida emas. Erta borilsa bo‘ldi. Masjid to‘la odam erta borsa barchasiga o‘sha savob berilaveradi.
2). Quloq qoqishdan avval niyatingizni tayin qilib olishingiz shart. Aks holda qayta o‘qishingizga to‘g‘ri keladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:47 | Savol-javoblar | 152 | Administrator
|
Boshqa savol-javoblar