Yo‘qolgan tilla zanjirni kechib yuborish

Assalomu alaykum! Bir necha yil oldin erim sovg‘a qilib bergan tillo zanjirimni yo‘qotib qo‘ydim, gap shundaki qayoqqa qo‘yganimni aniq bilardim diomiy joyi o‘sha edi. Olgan odamni xam gumon qildim. Xonamga o‘sha kuni faqat bir ayol kirganini xam bilaman. U ayol erimni jiyani qandaydur sabablarga ko‘ra katta miqdorda qarzi bor ekan. Yo‘qolganini bilib erimga aytdim, lekin gumonimni aytmadim va yo‘qolgan buyumimni sadaqa bo‘lsin, topgan odamga xalol bo‘lsin dedim. Erim ham rozi bo‘ldilar va topishga umidimni uzdim. Bir necha kundan keyin o‘sha jiyanimiz tillo narxini so‘rab qoldi bilmasligimmi aytdim, yaqinda tillo zanjir oluvdizku narxini bilmaganmidiz dedi u zanjir erimdan sovg‘a ekanini aytdim va yo‘qotib qo‘yganimni aytdim. Jiyanimiz yo‘qolganiga achindi va yuzaga qo‘yganizga yo‘qolganda dedi. Bu taqinchog‘imni unga ko‘rsatmaganim uchun gaplariga xayron qoldim va undan gumonim oshdi va olgan bo‘lsa xam xalol bo‘lsin dedim. Aniq dalilim bo‘lmay turib, ya’ni o‘z ko‘zim bilan ko‘rmay turib gumon qilishim gunoxga kirmiydimi? 2). Kim olgan bulsa xam xalol bo‘lsin deganim olgan yoki topib olgan odamga xalol bo‘ladimi yoki o‘g‘rilik xukmi bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Bunchalik darajasi gunohga kirmaydi. 2). Siz halol bo‘lsin deyishingiz o‘g‘ridan rozi ekanligingizni bildiradi. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 08:08 | Savol-javoblar | 165 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar