Homiladorlikda faqat farzni o‘qish

Assalomu alaykum! Xomiladorlik namoz o‘qimaslik uchun baxona bo‘la olmasligini bilamiz, ammo xomila katta bo‘lgan sari o‘tirib turish ancha qiyinlashadi. Shunday vaqtda namozni faqat farzini o‘zini o‘qisa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz shu holatingizda eng ko‘p ibodatga va zikr-iltijolarga muhtoj bo‘lgan vaqtingiz. Ularni kamaytirishni o‘ylash o‘rniga ko‘paytirish yo‘lini qiling. 14 asrdan beri homilador ayollar namozlarini o‘qib kelishadi. Himmat qiling. Agar salomatligiz judayam shuni taqozo qilsa, namozni turib boshlab, ruku’ va sajdalarni ishora qilib stulga o‘tirib o‘qing. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 18:35 | Savol-javoblar | 153 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar