Nikoh va taloq

Assalomu alaykum! Men 46 yoshdaman, 19 yoshimda turmushga chikdim. 1 yil turmush qurdim shu orada betob bo‘lib shifoxonada yotdim. er-xotinlik munosabatlari deyarli bo‘lmadi. Erim san bilan yashamiyman dedi. Ota uyimga qaytdim 5 yildan so‘ng qonuniy erimning roziligi bilan ajrashdik. 20 yil o‘tdiki turmushga chiqmadim. 1 yil oldin oilali inson bilan shariy nikox o‘qitdik. Shu nikoxim xalolmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizni birinchi eringizdan bo‘lgan nikohingiz bekor bo‘lgan. Aslo shak-shubhaga bormang. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 08:09 | Savol-javoblar | 178 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar