Akida deganda nimani tushunish kerak
Assalomu alekum .Man Dushenbe shaxridan maktub yuullayapman .Meni ismim Muazzam,oilalimanikkita farzandim bor.Yoshim 23 da men uzimdi kiziktiradigan savollarimga javob olishni xoxliman.Akida deganda nimani tushunish kerak.Va manosi nima .Shu savolimga purra malumot olishni isteman.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
«Aqiyda» so‘zi arabcha «aqada» fe’lidan olingan bo‘lib, bir narsani ikkinchisiga mahkam bog‘lash ma’nosini anglatadi. Bu so‘zning ja’mi (ko‘plik shakli) «aqoid» bo‘ladi. Islom aqiydasi musulmon insonni ma’lum bir narsalar bilan mahkam bog‘lab turadigan e’tiqodlar majmu’asidir.Aslida, biror narsaga e’tiqod qilish uchun uni hech qanday shubha qoldirmaydigan darajada yaxshi bilish kerak. Buning uchun, avvalo, o‘sha narsani idrok qilish kerak. Keyin esa, o‘sha hissiy idrok ilmiy ma’rifatga aylanishi lozim. So‘ngra, zamon o‘tishi, boshqa dalillarning sobit bo‘lishi ila o‘sha ilmimiz tasdiqlanadi va unga bo‘lgan ishonchimiz kuchli bo‘ladi. Mazkur ilmga bo‘lgan ishonch ongimizda mustahkam ravishda qaror topganidan so‘ng, u bizning aqlimizga va qiladigan ishlarimizga o‘z ta’sirini o‘tkazadigan bo‘ladi. Qachonki ma’lum bir ilm bizning fikrimizga aylanib, his-tuyg‘ularimizni yo‘llaydigan va harakatlarimizni boshqaradigan holga etganda, aqiydaga aylangan bo‘ladi. Demak, aqiyda ilmga asoslangan bo‘lishi lozim.
3 May 2022, 08:09 | Savol-javoblar | 194 | Aqiyda