Qosh terish harom ish

Assalomu alaykum! Bu savolni ko‘pchilikka berib ko‘rdim, so‘radim, lekin aniq javob ololmadim. Men oldin qosh terish gunohligini bilmaganman, lekin yaqinda bir hadisda o‘qisam, qosh teradiganni ham, qosh terganni ham Alloh la’natlagan ekan. Endi hozir bu narsadan xabar topganimdan keyin qoshimni boshqa termoqchi emasman. Bir islomshunos insondan shuni so‘rasam, terilgan qoshni o‘stirsa harom tuk hisoblanar ekan. Shu rostmi? To‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishingizni so‘rab qolardim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Islomshunos degani hozirgi kunda dinni tashqarida turib o‘rganib, dinning ichini bilmaydiganlarga ham ishlatiladi. Shu gapni noto‘g‘ri aytibdi. Boshqa termang. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:39 | Savol-javoblar | 153 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar