Vitrni jamoat bo‘lib o‘qish

Assalomu alaykum! 1. Vitr namozlarini ramazon oyidan tashqari vaqtda ham jamoat bo‘lib imomga iqtido qilib o‘qisa bo‘ladimi? 2. Kishining bir qo‘lida nuqsoni bo‘lsa, yani uchta panjasi yo‘q. Shu kishi imomlikka o‘ta oladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Bo‘lmaydi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday qilmaganlar.
2). Albatta o‘ta oladi. Agar panjasi tugul bir qo‘li yo‘q bo‘lsa ham tajvid va namozning ilmi bo‘lsa imomgarchilikka o‘taveradi. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 08:44 | Savol-javoblar | 160 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar