Ota-onam alohida yashashsa bo‘ladimi
Assalomu alaykum! Bu savolni bir singlimning iltimosiga binoan junatyapman. Mening onam yoshlari 50da, otam bilan yashashni hohlamayaptilar, sogliqlari va asablari ko‘tarolmayapti. Otam fellari og‘ir inson, shu vaqtgacha chidab keldilar, endi sogliqlariyam ko‘tarmayapti. Onam otamga “uylaning” deb aytdilar. Otamning ham qarshiligi yo‘q. Bir xonadonda yashashadi, lekin gaplashishmaydi. Bunga 1 yil bo‘ldi. Onam o‘zlari yolg‘iz yashashga haqqilari bormi? Dinda bunga qanday qaraladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nikoh ikki inson bir-biridan huzur topib hayot kechirish uchun joriy qilingan. Agar birga bo‘lish azoblarga sabab bo‘lsa shariat ko‘zda tutgan maqsad hosil bo‘lmaydi. Budan holatda nikohni bekor qilib, boshqa bilan nikoh qilishlari kerak bo‘ladi. Chunki bu holatda er ham xotin ham Alloh belgilab qo‘ygan haqlarni ado qilolmay qoladi. Alloh taolo “Baqara” surasida marhamat qiladi: الطَّلاَقُ مَرَّتَانِ فَإِمْسَاكٌ بِمَعْرُوفٍ أَوْ تَسْرِيحٌ بِإِحْسَانٍ وَلاَ يَحِلُّ لَكُمْ أَن تَأْخُذُواْ مِمَّا آتَيْتُمُوهُنَّ شَيْئًا إِلاَّ أَن يَخَافَا أَلاَّ يُقِيمَا حُدُودَ اللّهِ فَإِنْ خِفْتُمْ أَلاَّ يُقِيمَا حُدُودَ اللّهِ فَلاَ جُنَاحَ عَلَيْهِمَا فِيمَا افْتَدَتْ بِهِ تِلْكَ حُدُودُ اللّهِ فَلاَ تَعْتَدُوهَا وَمَن يَتَعَدَّ حُدُودَ اللّهِ فَأُوْلَئِكَ هُمُ الظَّالِمُونَ 229. Taloq ikki martadir. So‘ngra yaxshilikcha ushlab qolish yoki yaxshilikcha qo‘yib yuborish. Ularga bergan narsangizdan biror narsani olish sizga halol bo‘lmas, ikkovlari Allohning chegaralarida tura olmaslikdan qo‘rqsalar, mustasno. Bas, agar ikkovlarining Allohning chegaralarida tura olmasliklaridan qo‘rqsangiz, xotin bergan evazda ikkovlariga gunoh yo‘qdir. Ushbular Allohning chegaralaridir. Bas, ularni buzmang. Va kim Allohning chegaralarini buzsa, bas, o‘shalar, ana o‘shalar zolimlardir.
Shu o‘rinda bir narsani unutmaslik kerak. U ham bo‘lsa shu yoshgacha er xotinining xursandchiligi uchun jonini, molini, umrini sarflagan bo‘lsayu, biror musibat yoki imtihon tufayli er yaroqsiz holga kelib qolsa “Endi sendan foyda qolmadi” deb tashlab ketish nonko‘rlik hisoblanadi. Buni azobi ham og‘ir bo‘ladi. Xuddi shuningdek ayol kishi ham yoshligini, chiroyini, butun mehrini erga fido qilsayu, bir yoshga etganda eri “Endi sendan foyda qolmadi” deb tashlab ketish ham nonko‘rlik hisoblanadi. Bunday vaqtda sabr va Alloh taoloning ajrini umid qilish kerak. Vallohu a’lam!
3 May 2022, 08:44 | Savol-javoblar | 159 | Oila va turmush