Bo‘lajak turmush o‘rtog‘im 2-xotin olmoqchilar

Assalomu alaykum! Men bir yigitga unashtirilganman. Birinchi uchrashuvda yigit mendan 2-xotin olish haqida so‘raganlarida men bu islomda ruxsat etilgan solih amallardan ekanini, ammo meni fe’lim o‘ta rashkchi bo‘lganim uchun sabr qila olmasligimni aytganman. Ularni bir turmushi buzilgan sinfdoshlari bo‘lib, u ayolga “2-xotin qilib nikohimga olaman” degan ekanlar. Men sabr qila olmasligimni, ularni diliga ozor berib gunoxkor bo‘lib qolishdan qo‘rqishimni tushuntirganimda ular “maylin” deganlar. Unashtiruvdan so‘ng ular o‘sha ayolga “Sendan kech deydigan qizga uylanmayman deganman uni nikohimga olmasam vijdon azobida o‘taman, yoshligimdan sahobalar singari ikki uchta ayol bilan turmush qurishni niyat qilganman” deb hol jonimga qo‘ymayabtilar.
Ochig‘i o‘zimni bilaman o‘sha ayol ularga telefon qilganini o‘zi meni dilimni og‘ritadi. O‘zimni bosolmay janjal qilaman. Unashtiruvni buzaman desam qo‘yishmayabti. Meni sevib qolganlarini lekin Alloh buyurgan ishga qarshilik qilayotganimdan xafa ekanlarini har kuni gapiraverib ikkilantirib qo‘ydilar. Men noto‘g‘ri qildimmi? Axir birovga ozor berishdan, unga adolat qilishlariga qo‘ymay gunoxkor bo‘lib qolishdan qo‘rqyabmanku?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu o‘ta hassos masala. Bunday erkak baribir shu ishni qiladi. Siz so‘raydigan narsa adolat qilish bo‘ladi xolos. Istixora qiling. Vallohu a’lam!

21 Aprel 2022, 07:36 | Savol-javoblar | 144 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar