To‘yda 5 kilo go‘shtning pulidan yig‘in

Assalomu alaykum! O‘rtog‘imni to‘yi bo‘ladi, shunga ular 5 kg go‘shtni pulini belgilab olgan va har bir bolani to‘yida bermoqchi. Ularga hadya berish kerakligini tushuntira olmadim. Bu holatda o‘sha o‘rtog‘imni to‘yiga bollar go‘shtga 230 moshinga 230 qilishyapti. Jami 460 men shu 460 pulni o‘rtog‘imga o‘z qo‘liga hadya deb bersam yillar o‘tib meni to‘yim bo‘lsa go‘sht puli qimmatlashsada menga ular 500 mingdan bersa ularga “men hadya sifatida bersang olaman men ham senga hadya bergandim” deb aytsam, ular rozi bo‘lib bersa shunda to‘g‘ri bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qarz deb bersangiz yillar o‘tib ayni siz berganchani qarz qilib qaytarib bersa joiz. Unday 5 kilo go‘sht demang. Yoki 5 kilo go‘sht olib bering, sizni to‘yingizda ham 5 kilo go‘sht olib bersin. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:55 | Savol-javoblar | 167 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar