Farzand haqida
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, berayotgan javoblaringiz uchun rahmat. Alloh ilmlaringizni yanada ziyoda qilsin. Voyaga etmay vafot etgan farzan ota-onalariga u dunyoda shafoatchi bo‘ladi deb o‘qiganman. Agar homila 7-9 oylik bo‘lib o‘lik tug‘ilsa uning hukmi qanday? Saytda shu ma’nodagi savolga berilgan javobda «Ota-onasiga bog‘lik» deyilgan. Shu javobni to‘liqroq bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عَنْ أَبِي سَعِيدٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ: أَنَّ النِّسَاءَ قُلْنَ لِلنَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم: اجْعَلْ لَنَا يَوْمًا، فَوَعَظَهُنَّ وَقَالَ: أَيُّمَا امْرَأَةٍ مَاتَ لَهَا ثَلَاثَةٌ مِنَ الْوَلَدِ كَانُوا لَهَا حِجَابًا مِنَ النَّارِ، قَالَتِ امْرَأَةٌ: وَاثْنَانِ؟ قَالَ: وَاثْنَانِ. رَوَاهُ الشَّيْخَانِ وَالنَّسَائِيُّ Abu Sa’iyd roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Ayollar Nabiy sollallohu alayhi vasallamga: «Bizga ham bir kun tayin qiling», deyishdi. Bas, u zot ularga va’z qildilar va: «Qaysi bir ayolning uchta farzandi o‘lsa, ular uning uchun do‘zaxdan parda bo‘lurlar», dedilar. «Ikkita bo‘lsa-chi?» dedi bir ayol. «Ikkita bo‘lsa ham», dedilar u zot». Ikki Shayx va Nasaiy rivoyat qilganlar. Sharh: Ushbu hadisdan olinadigan foydalar: 1. Sahobiya ayollarning ilmga, shariat ahkomlarini o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqlari zo‘rligi. Ularning Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ommaga qilayotgan va’zlari, ta’lim-tarbiyalaridan ham qoniqmay, o‘zlariga alohida bir kun tayin qilishlarini so‘rashlari shuni ko‘rsatadi. Mo‘mina-muslima ayollar doimo shunday himmatli bo‘lishlari lozim. 2. Payg‘ambarimizning kamtarliklari va musulmonlarning talablariga hozirjavobliklari. Ayollarga alohida vaqt tayinlab, o‘sha kuni borib, ularga alohida va’z aytishlari shuni ko‘rsatadi. 3. Ayollarga va’z qilganda ko‘proq ayollarga xos mavzuda gapirish kerakligi. 4. O‘lgan uchta farzand o‘zlaridan keyin qolgan onalari uchun do‘zaxdan parda bo‘lishlari. 5. Kezi kelganda savol berish joizligi. 6. Onasidan oldin vafot etgan ikki farzand ham onasi uchun do‘zaxga parda bo‘lishi. وَجَاءَتِ امْرَأَةٌ بِابْنٍ لَهَا يَشْتَكِي فَقَالَتْ: يَا رَسُولَ اللهِ، أَخَافُ عَلَيْهِ وَقَدْ قَدَّمْتُ ثَلَاثَةً، فَقَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم: لَقَدِ احْتَظَرْتِ بِحِظَارٍ شَدِيدٍ مِنَ النَّارِ. رَوَاهُ النَّسَائِيُّ وَمُسْلِمٌ «Bir ayol bemor bolasini olib kelib: «Ey Allohning Rasuli, bundan xavotirlanyapman, avval ham uchtasini berganman», dedi. U zot sollallohu alayhi vasallam: «Batahqiq, do‘zaxdan mustahkam qo‘rg‘on ila o‘ralibsan», dedilar». Nasaiy va Muslim rivoyat qilganlar. Sharh: Bu hadis ham oldingi hadislarning ma’nosini tasdiqlaydi. عَنْ عَبْدِ اللهِ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: مَنْ قَدَّمَ ثَلَاثَةً لَمْ يَبْلُغُوا الْحُلُمَ كَانُوا لَهُ حِصْنًا حَصِينًا مِنَ النَّارِ، قَالَ أَبُو ذَرٍّ: قَدَّمْتُ اثْنَيْنِ، قَالَ: وَاثْنَيْنِ، فَقَالَ أُبَيُّ بْنُ كَعْبٍ سَيِّدُ الْقُرَّاءِ: قَدَّمْتُ وَاحِدًا، قَالَ: وَوَاحِدًا، وَلَكِنْ إِنَّمَا ذَاكَ عِنْدَ الصَّدْمَةِ الْأُولَى Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim farzandlaridan balog‘atga etmagan uchtasini bergan bo‘lsa, ular unga do‘zaxdan mustahkam qo‘rg‘on bo‘lurlar», dedilar. «Men ikkitasini berib qo‘yganman», dedi Abu Zarr. «Ikkitasi ham», dedilar u zot. «Men bittasini berib qo‘yganman», dedi qorilarning ulug‘i Ubay ibn Ka’b. «Bittasi ham. Lekin ana o‘sha birinchi zarba paytida...», dedilar u zot». Sharh: Agar musulmon kishi unga musiybat etgan chog‘da go‘zal sabr qilish bilan o‘zini tutsa, Alloh taolo uning o‘lgan uchta, ikkita va bitta bolasini uning uchun do‘zaxdan to‘suvchi mustahkam qo‘rg‘on qilar ekan. عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: مَنْ كَانَ لَهُ فَرَطَانِ مِنْ أُمَّتِي أَدْخَلَهُ اللهُ بِهِمَا الْجَنَّةَ، فَقَالَتْ عَائِشَةُ: فَمَنْ كَانَ لَهُ فَرَطٌ مِنْ أُمَّتِكَ؟ قَالَ: وَمَنْ كَانَ لَهُ فَرَطٌ يَا مُوَفَّقَةُ، قَالَتْ: فَمَنْ لَمْ يَكُنْ لَهُ فَرَطٌ مِنْ أُمَّتِكَ؟ قَالَ: فَأَنَا فَرَطُ أُمَّتِي لَنْ يُصَابُوا بِمِثْلِي Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Mening ummatimdan kimning ikkita farati bo‘lsa, Alloh uni o‘shalar tufayli jannatga kiritadi», dedilar. «Sizning ummatingizdan bitta farati bo‘lgan odam-chi?» dedi Oisha. «Bitta farati bor odamni ham, ey muvaffaq qilingan», dedilar u zot. «Sizning ummatingizdan farati bo‘lmagan odam-chi?» dedi Oisha. «Men ummatimning faratiman. Hech mening (vafotim)ga o‘xshash musiybatga uchramaslar», dedilar». Sharh: «Farat» deb, arab tilida bir guruh otliqlardan oldin borib, ularning kelishlariga dam oladigan joyni tayyorlab turuvchiga aytiladi. Ota-onadan oldin vafot etgan yosh bolalarning «farat» deb nomlanishi o‘sha bolaning ularga jannatdan joy tayyorlashini ko‘zda tutib aytilgan. Bizning tilimizda ham diyniy ma’lumotlari bor doiralarda «farat» so‘zi o‘z ma’nosida ishlatib kelingan. «Falonchining bolasi farat bo‘libdi», deyilsa, yosh bolasi o‘libdi, deb tushunilgan. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning Oisha onamizga «ey muvaffaq qilingan», deb murojaat qilishlari Oisha onamizning qadrlari qanchalar ulug‘ ekanligini ko‘rsatadi. Chunki «muvaffaq qilingan» deganlari – Alloh har bir narsada muvaffaqiyat bergan, deganlaridir. Haqiqatda ushbu hadisi sharifda aytilganidek, Islom ummati uchun Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning vafotlarichalik katta musiybat bo‘lmaydi. Ana shu musiybatni to‘la tushunib etgan, u zot sollallohu alayhi vasallamning hayotlarining qadr-qiymatini anglab, u zot uchun astoydil kuyingan kishilar uchun Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam farat bo‘ladilar. عَنْ أَبِي مُوسَى رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: إِذَا مَاتَ وَلَدُ الْعَبْدِ قَالَ اللهُ لِمَلَائِكَتِهِ: قَبَضْتُمْ وَلَدَ عَبْدِي؟ فَيَقُولُونَ: نَعَمْ، فَيَقُولُ: قَبَضْتُمْ ثَمَرَةَ فُؤَادِهِ؟ فَيَقُولُونَ: نَعَمْ، فَيَقُولُ: مَاذَا قَالَ عَبْدِي؟ فَيَقُولُونَ: حَمِدَكَ وَاسْتَرْجَعَ، فَيَقُولُ اللهُ: ابْنُوا لِعَبْدِي بَيْتًا فِي الْجَنَّةِ وَسَمُّوهُ بَيْتَ الْحَمْدِ. رَوَى هَذِهِ الثَّلَاثَةَ التِّرْمِذِيُّ Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Bir bandaning bolasi o‘lsa, Alloh farishtalariga: «Bandamning bolasini qabz qildingizmi?» deydi. «Ha», deydilar. «Uning dil mevasini qabz qildingizmi?» deydi. «Ha», deydilar. «Bandam nima dedi?» deydi. «Senga hamd va istirjo’ aytdi», deydilar. Shunda Alloh: «Bandamga jannatda bir uy bino qilinglar va uni «Hamd uyi» deb nomlanglar», deydi». Ushbu uch hadisni Termiziy rivoyat qilgan. Sharh: Farzandning o‘limi ota-ona uchun cheksiz musiybat ekanligi hech kimga sir emas. Chunki farzand ota-onaning bir bo‘lagi, yuragining parchasi, jigargo‘shasi, ko‘z quvonchi bo‘ladi. Shuning uchun ham farzandining o‘limiga sabr qilgan ota-onalarga katta va ulug‘ martabalar va’da qilingan. Bulardan ba’zi namunalarni yuqorida kelgan hadisi shariflardan o‘rgandik. Musulmonlar ushbu ta’limotlarni o‘zlariga singdirib olib, hayotlariga tatbiq qilganlar. Musulmonlar farzand o‘limiga sabr qilishning insoniyat tarixidagi nodir namunalarini ko‘rsatganlar. Birgina misol keltiraylik: Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Ummu Sulaym roziyallohu anho Abu Anasning oldiga kelib: «Bugun sen yomon ko‘rgan narsa ila keldim», dedi. «Sen doimo huzurimga anavi a’robiyning oldidan men yomon ko‘rgan narsani olib kelaverasan!» dedi Abu Anas. «U a’robiy edi. Lekin Alloh uni tanlab olib, ixtiyor etib, Payg‘ambar qildi». «Keltirgan narsang nima?!» «Aroq harom qilindi». «Bu sen bilan mening ajrashishimiz», dedi. So‘ngra mushrik holda o‘lib ketdi. So‘ngra Abu Talha roziyallohu anhu Ummu Sulaymning oldiga keldi. Ummu Sulaym unga: «Modomiki mushrik ekansan, senga tegmayman», dedi. «Yo‘q. Bu sening istaging emas». «Mening istagim nima?» «Sening istaging sariq (oltin) bilan oq (kumush)da». «Albatta, men guvohlik beraman va Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamni ham guvoh qilamanki, agar sen musulmon bo‘lsang, sening Isloming tufayli roziman. Ey Anas, tur! Amakingni boshlab bor!» dedi Ummu Sulaym. U (Abu Talha) turib, qo‘lini elkamga qo‘ydi. Borib, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga yaqinlashganimizda u zot bizning gaplarimizni eshitdilar va: «Mana, Abu Talha huzuringizga peshonasida Islom nuri porlab keldi!» dedilar. U Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga salom berdi va: «Ashhadu allaa ilaaha illallohu va anna Muhammadan abduhu va Rasuluhu», dedi. Shundan keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Islom uchun uni uylab qo‘ydilar. Ayoli unga o‘g‘il tug‘ib berdi. Bola katta bo‘lib, yo‘lga kirdi. Otasi uni juda ham yaxshi ko‘rar edi. Bir kuni Alloh taboraka va taolo bolani qabz qildi. Abu Talha kelib: «O‘g‘limning holi qanday, ey Ummu Sulaym?» dedi. «Juda yaxshi. Tushlik qilib olmaysanmi? Bugun tushliging kech qolib ketdi», dedi va unga taom taqdim qilib turib: «Ey Abu Talha, bir qavm boshqasidan vaqtinchalikka bir narsani olib tursa, u ularda Alloh xohlaganicha qolsa-da, keyin egalari qaytarib olsa, vaqtinchalik olib turganlar xafa bo‘lishi kerakmi?» dedi. «Yo‘q», dedi Abu Talha. «O‘g‘ling dunyoni tark etdi», dedi Ummu Sulaym. «Qani u?!» «Ana, yotoqxonada». U kirib, bolaning yuzini ochdi va istirjo’ aytdi. Keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga borib, Ummu Sulaymning gapini aytib berdi. Shunda u zot: «Meni haq ila yuborgan Zotga qasamki, Alloh bu kecha bolasiga sabr qilganligi uchun uning rahmiga bir o‘g‘il bola ilqo qildi», dedilar… U bolani tug‘di. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Anasga dedilar: «Ey Anas, onangning oldiga borib, «O‘g‘lingning kindigini kesganingdan keyin unga hech narsa egizmay turib, menga yubor», dedilar, degin». U (onam) bolani ikki qo‘limga qo‘ydi. Men uni Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga keltirib qo‘ydim. U zot sollallohu alayhi vasallam: «Menga uchta ajva (xurmo) keltir», dedilar. Men keltirdim. U zot ularning danagini olib tashlab, og‘izlariga solib, chaynadilar va bolaning og‘zini ochib, soldilar, bola tamshana boshladi. U zot sollallohu alayhi vasallam: «Ansoriy-da, xurmoni yaxshi ko‘radi!» dedilar. So‘ngra: «Onangga borib, «Alloh senga bundan baraka bersin va uni yaxshi hamda taqvodor qilsin», deb ayt», dedilar». Imom al-Bazzor rivoyat qilgan.(“Hadis va Hayot” kitobidan). عن مُعاذِ بنِ جبلٍ رضيَ اللهُ عنه عن النبيِّ صلَّى اللهُ عليهِ وسلم قالَ : (وَالَّذِيْ نَفْسِيْ بِيَدِهِ إِنَّ السِّقْطَ لَيَجُرُّ أُمَّهُ بِسَرَرِهِ إِلَىْ الجَنَّةِ إِذَا احْتَسَبَتْهُ) رواه ابن ماجه Muoz ibn Jabar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Nabiy sollallohu alayhi vasallam : “Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, siqt(nobud bo‘lgan homila) kindigi bilan onasini jannatga tortib kiradi. (Vafot topgan vaqtida) Savobini umid qilsa” dedilar". Ibn Moja rivoyati. قال النووي رحمهُ الله : "موتُ الواحدِ من الأولادِ حجابٌ منَ النار ، وكذا السقطُ" Imom Navaviy rahmatullohi alayh : “Farzandlardan birortasining vafoti(ota-ona uchun) do‘zaxdan to‘siqdir. Shuningdek tug‘ilmay nobud bo‘lgan homila ham” deganlar. Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 20:16 | Savol-javoblar | 222 | Dolzarb savollar