ilojsiz sharoitda g‘usl
Assalomu Aleykum Shayx hazratlari.Din uchun qilayotgan ishlaringizga Alloh rivoj bersin. meni bir savol qiynamoqda?talabalik davrlarimda talabalar turar joyida turganman. Yotoqxonada haftada 3 marta yuvinish xonasi ochilardi.boshqa paytlari ochilmasdi. g‘usl qilishga bundan boshqa sharoit yo‘q edi. ehtilom bo‘lib qolgan paytlarimda namozlarimni tahorat olib o‘qiganman. chunki 1-dan men ehtilom bo‘lganda g‘usl vojib bo‘lishini bilmasdim va 2-dan sharoit ham yo‘q edi. Keyin bilsam tahorat g‘usl o‘rniga o‘tmas ekan.savolim: 1.shu namozlarimning hukmi nima bo‘ladi. 2. Agar qazo o‘qishim kerak bo‘lsa men ularning adadini bilmayman. shu holatda qanday yo‘l tutsam to‘g‘ri bo‘ladi? bu savol avval berilgan bo‘lsa va noo‘rin bo‘lsa oldindan uzr so‘rayman. javobingiz uchun oldindan rahmat. Alloh rozi bo‘lsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Chamalab qazosini o‘qiysiz.
3 May 2022, 09:58 | Savol-javoblar | 142 | Namoz
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Chamalab qazosini o‘qiysiz.
3 May 2022, 09:58 | Savol-javoblar | 142 | Namoz