Duo kasalliklarni ketkazadimi?
Assalomu-alaykum hazrat!Sizga avval ham duolar haqida murojaat qilgandim, biroq bu galgi savolim boshqacharoq.Men anchadan beri qo‘limda chiqqan sevol (sugal) ni ketkaza olmayapman, ko‘pgina choralarni qilib ko‘rdim, biroq foydasi bo‘lmadi. Bir kuni kitoblarga ko‘z yugurtiryotib bir duoni o‘qib qoldim. Unda yozilishicha, 10dona donga 10marta ushbu duoni o‘qib, donlarga dam solib, so‘galga surtilsa va donlarni suvga tashlansa so‘gal o‘z-o‘ziidan to‘kilib ketarmish. Shunga ikkilanib turibman, haqiqatan shu kabi duolarga ishlonib bo‘ladimi? Boshqacha qilib so‘raydigan bo‘lsam, ushbu duolarga ishonish noto‘g‘ri bo‘ladimi? Umuman olganda duolarni biror mushkulni ketkazishiga yoki darddan insonni forig‘ qilishiga ishonib bo‘ladimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Siz aytgan so‘gal va unga o‘xshash ko‘zga ko‘rinib turgan dardlarga tibdan davo izlash shariatning ko‘rsatmasi. Duo hamma holatlarda ham kerak. Bandaning duosi qabul bo‘lsa, so‘ragani hosil bo‘ladi. Ammo tabobatga bog‘liq bo‘lmagan ruhiy va mahnaviy xastalaiklarga dam solinadi. Dam solish ham duoning bir turi.
21 Aprel 2022, 07:36 | Savol-javoblar | 213 | Boshqa ibodatlar