Mashinada nomoz o‘qish to‘g‘risida

Assalomu alaykum! Men davlat xizmatida ishlayman. Tashkilotimizda xar xil millatdagi fuqarolar mavjud. Men nomoz vaqtida nomozni ishxonada o‘qishning iloji yo‘q. Shuning uchun men mashinada qiblaga qarab cho‘kkalangan xolda o‘qiyman. Shu ishim bilan xatoga yo‘l qo‘ymayapmanmi? Agar o‘z vaqtida o‘qimasam barchasini kechkurun ishdan so‘ng qazo qilib o‘qishimga to‘g‘ri keladi? Bundan tashqari kuchim xam etmay qoladi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qiyomda turib o‘qishga qodir bo‘laturib mashinada qiyomni tark qilib o‘qisangiz namoz ado bo‘lmaydi. Ishxonangizga yaqin joydan birortasini uyidan biror xonani namoz uchun ijaraga olsangiz bo‘ladi. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 12:31 | Savol-javoblar | 165 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar