Mozaraba shirkatida amortizatsiya masalasi haqida
Assalomu alaykum! Shu yil boshida investor va ish bajaruvchi muzoraba ko‘rinishida oshxona ochishga kelishib olishdi. Investor oshxona ochish uchun ijaraga olingan joyning remontini, kerakli qurilmalar, mebel va boshqa kerakli barcha narsalar uchun pul ko‘rinishida investitsiya qildi. Ish bajaruvchi esa kerakli ishlarni xammasini to‘lik ta’minlab berdi va oshxona pandemiya bo‘lishiga qaramay ishlab turibti. Ikki taraf kelishuvga ko‘ra ishlashyapti. Ish bajaruvchi har oyda ishchilarning oylik harajatlari va boshqa oshxona ishlashi uchun ketadigan harajatlarni oshxonaning savdo tushumidan qoplayapti. Investor tomonidan investitsiya qilib sotib olingan qurilmalar va oshxona remonti ham ma’lum yildan so‘ng almashtirilishi kerak va remont ham qayta qilinishi kerak. Ya’ni amortizatsiya natijasida investitsiya o‘z qiymatini yo‘qotadi, aytaylik 5 yil davomida. Investor yo‘qotilayotgan qiymatni 60 oyga bo‘lib, har oy davomida harajat ko‘rinishida savdo tushumidan olib qolishi dinimizda mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yo‘q. Aksincha u foydani bo‘lishish jarayonida ko‘proq foyda olishi mumkin xolos. Albatta narigi tomon rozi bo‘lsa. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 10:16 | Savol-javoblar | 175 | Moliya va tijorat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yo‘q. Aksincha u foydani bo‘lishish jarayonida ko‘proq foyda olishi mumkin xolos. Albatta narigi tomon rozi bo‘lsa. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 10:16 | Savol-javoblar | 175 | Moliya va tijorat